» » Manchester klublari uchun atalayotgan mavsum. “Liverpul” ham mag‘lub etilgach, vitse-chempionlik masalasi hal bo‘ldimi?

Manchester klublari uchun atalayotgan mavsum. “Liverpul” ham mag‘lub etilgach, vitse-chempionlik masalasi hal bo‘ldimi?


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer-Ligasining 30-turiga kelib Joze Mourinyo boshchilik qilayotgan “Manchester Yunayted” markaziy o‘yinni o‘z foydasiga hal qildi.

Bungacha “Chelsi”ni taslim qilgan va “Kristal Pelas” ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan “Yunayted”, endi Yurgen Klopp boshchiligidagi “Liverpul”dan ustun keldi. Uchrashuv taqdirini Markus Reshfordning dubli hal etdi.

Tomonlarning “Enfild” arenasida o‘tgan ilk o‘yinida hisob ochilmagandi — 0:0. Kechagi g‘alabadan keyin Manchester shahri “qizillar”i liverpulliklardan 5 ochko ilgarilab keta boshladi. Mavsum yakuniga esa 8 ta tur qoldi.

Londonning “Chelsi” klubi esa ketma-ket ikki mag‘lubiyatdan keyin o‘ziga kelib oldi. Bungacha Manchesterda mehmon bo‘lib, avvaliga “Yunayted”dan, keyin esa “Siti”dan yengilgan “aristokratlar”, endilikda London derbisini o‘z foydasiga hal qildi. Oldinda “Chelsi”ni Chempionlar Ligasi doirasida “Barselona”ga qarshi o‘yin kutib turibdi.

Angliya Premyer-Ligasi

30-tur bellashuvlari

10-mart, shanba

Gollar: Markus Reshford, 14 (1:0). Markus Reshford, 24 (2:0). Erik Bertran Bayi, 66-avt (2:1).

Gollar: Gaetan Bong, 60-avt (1:0). Jenk Tosun, 76 (2:0).

Noaniq penalti: Ueyn Runi, 87 (E).

Chetlatish: Antoni Nokar, 80 (B).

Chetlatish: Jordan Ayyu, 11 (S).

Gollar: Kenedi, 2 (1:0). Kenedi, 29 (2:0). Mett Ritchi, 57 (3:0).

Gollar: Salomon Rondon, 8 (1:0). Jeymi Vardi, 21 (1:1). Riyod Mahrez, 63 (1:2). Kelechi Ixeanacho, 76 (1:3). Iborra, 94+ (1:4).

Gollar: Eshli Barns, 66 (0:1). Kris Vud, 70 (0:2). Kris Vud, 81 (0:3).

Gollar: Villian, 25 (1:0). Martin Kelli, 32-avt (2:0). Patrik van Anxolt, 90 (2:1).

11-mart, yakshanba

“Arsenal” — “Uotford” 18:30 Futbol-TV

“Bornmut” — “Tottenhem” 21:00 UzReport

12-mart, dushanba

“Stok Siti” — “Manchester Siti” 01:00 Futbol-TV



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-03-2018, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют