» » O‘zbekiston Superligasining 2-turidan keyinoq ochko yo‘qotmagan klubning o‘zi qolmadi

O‘zbekiston Superligasining 2-turidan keyinoq ochko yo‘qotmagan klubning o‘zi qolmadi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 2-turidan keyin ochko yo‘qotmagan klubning o‘zi qolmadi.

2-tur bellashuvlari 3 kun davom etdi. Birinchi kun — 8-mart sanasi vodiy klublari uchun omadli keldi. Avvaliga Namanganning “Navbahor” klubi AGMK maydonida zafar quchgan bo‘lsa, keyinroq “Qo‘qon-1912” futbolchilari Navoiyda “Qizilqum”ni yengishga erishdi.

Turning ikkinchi kunida mamlakat chempioni va vitse-chempioni maydonga chiqdi. “Nasaf” Farg‘onadagi durangdan keyin, endi Qarshida “Buxoro” ustidan irodali g‘alabaga erishdi. “Lokomotiv” esa Bekobodning “Metallurg” klubiga qarshi o‘yin uchun asosiy tarkibning bir qator futbolchilarini maydonga chiqarmadi va durang o‘ynab qo‘ydi — 1:1.

Uchinchi kunga kelibgina markaziy o‘yin o‘tkazildi. Toshkent derbisida tarkibi ancha kuchsizlangan “Bunyodkor”, oydan-oyga kuchayib borayotgan “Paxtakor”ni taslim qildi — 1:0. Arveladze jamoasi so‘nggi daqiqada penaltini havoga sovurdi. Keyinroq esa Superligada qoldirilgan “So‘g‘diyona” va “Neftchi” klublari o‘zaro golsiz durang o‘ynadi — 0:0. Mazkur jamoalar ketma-ket ikki turdirki raqiblar postiga yo‘l topa olmadi.

Turnir jadvalini quyida ko‘rish mumkin. Reglamentga ko‘ra, ikki davra o‘yinlaridan keyin dastlabki 6 ta o‘rin egalari chempionlik uchun alohida kurash olib boradi. Keyingi olti jamoa esa Superligada jon saqlab qolish uchun kurashadi.

Biroq “oltin ochko” qoidasi ham bor. Bunda oltilikka birga kirgan jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi natijalari saqlab qolinadi. Misol uchun, “Bunyodkor” ayni holatga ko‘ra “Paxtakor”dan 3 ochko ilgarilab ketgan. “Lokomotiv” esa hali birorta ham ochko ishlamagan, chunki uning raqiblari hozircha oltilikka kira olmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-03-2018, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют