» » O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi “Naqshbandiya” ordeni yetakchisi Pir Naqib ur-Rahmon bilan uchrashdi

O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi “Naqshbandiya” ordeni yetakchisi Pir Naqib ur-Rahmon bilan uchrashdi


O‘zbekistonning Pokistondagi favqulodda va muxtor elchisi Furqat Sidiqov Ravalpindi shahriga ishchi tashrifi davomida mamlakatdagi “Naqshbandiya” ordeni yetakchisi Pir Naqib ur-Rahmon bilan uchrashdi, deb yozadi “Jahon” axborot agentligi.

Bo‘lib o‘tgan suhbat davomida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan mamlakatda islom ma’naviy, tarixiy-madaniy merosini rivojlantirish, ayniqsa Imom Buxoriy va Bahouddin Naqshband kabi buyuk mutafakkir va olimlarning ishlarini o‘rganish va targ‘ib qilish bo‘yicha o‘tkazilayotgan keng qamrovli islohotlar haqida ma’lumot berildi.

Ta’kidlash joizki, Pir Naqib ur-Rahmon shayx Hafiz Muhammadning merosxo‘ri va Zahiriddin Muhammad Boburning to‘g‘ridan to‘g‘ri avlodi hisoblanadi.

Uning so‘zlariga qaraganda, O‘zbekiston rahbariyati tomonidan o‘tkazilayotgan ochiqlik siyosati, diniy ta’lim va ziyorat turizmi sohasidagi islohotlar natijasida yaqin kelajakda O‘zbekiston yana islom dunyosining ma’naviy va marifiy markaziga aylanishi mumkin.

Hozirgi paytda O‘zbekiston elchixonasi tomonidan Islomobodda joriy yilning aprelida “Naqshbandiya” tariqati merosini o‘rganishga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyani tashkil etish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-03-2018, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют