» » Shavkat Mirziyoyev: 15 yil parlamentda ishlaganman. Tajribamdan kelib chiqib aytamanki, avval xalqni eshitish, keyin qaror qabul qilish kerak

Shavkat Mirziyoyev: 15 yil parlamentda ishlaganman. Tajribamdan kelib chiqib aytamanki, avval xalqni eshitish, keyin qaror qabul qilish kerak


Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga davlat tashrifi davomida mamlakat parlamenti quyi palatasi raisi Shukurjon Zuhurovni qabul qildi. Uchrashuvda ikki davlat parlamentlari o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi, deya xabar beradi Asia-Plus.

“O‘zbekiston va Tojikiston parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlik va hamjihatlik kuchaytirishimiz lozim. Parlament doim xalq irodasini ifodalaydi, shu sababli xalqlar nimani istayotganini bilish muhim. 15 yil davomida parlamentda ishlaganman. Tajribamdan kelib chiqib aytamanki, avval xalqni eshitish, so‘ng qaror qabul qilish kerak, aksincha emas”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shukurjon Zuhurov ikki davlat o‘rtasida qo‘shnichilik aloqalari tiklanishida Shavkat Mirziyoyevning xizmatlarini e’tirof etdi. Tojik xalqi uning ezgu niyati va siyosiy irodasiga munosib baho berishini bildirdi.

“Biz Tojikistonda ertami-kechmi yaxshi kunlar kelishi va hammasi o‘z holiga qaytishiga ishonardik. Tashrifingizni ikki tomon munosabatlaridagi misli ko‘rilmagan voqea deyish mumkin. Oxirgi qiyin, murakkab yillar, asrlar mobaynida mustahkamlanib kelgan do‘stligimiz tarixi oldida hech narsa emas”, — ta’kidladi Shukurjon Zuhurov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2018, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют