» » Britaniyalik aktyor, ssenarist va teleboshlovchi Ken Dodd vafot etdi

Britaniyalik aktyor, ssenarist va teleboshlovchi Ken Dodd vafot etdi


Buyuk Britaniyada aktyor, ssenarist va teleboshlovchi Ken Dodd 90 yoshida vafot etdi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Dodd Liverpuldagi uyida vafot etdi. Ikki haftacha avval unga shifoxonadan javob berishgan edi. U o‘pkaning jiddiy infeksiyasiga qarshi davolangan. O‘limidan ikki kun avval komik 40 yildan ortiq birga yashagan Anna Jons bilan rasman turmush qurishga ulgurgan.

Ken Dodd o‘zining stendap-shoulari bilan mashhur bo‘lgan. Ularning uslubi nafaqat komediyalar, balki qo‘shiqlar va sahna tomoshalarini ham o‘z ichiga olgan. 1960-yillarda Dodd hazillarga boy yumoristik shou o‘tkazib, Ginnesning Rekordlar kitobiga kirgan. Komikning televideniyeda The Ken Dodd Show, Doddy’s Music Box, Ken Dodd and the Diddymen va boshqa shoulari bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2018, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют