» » O‘FA xalqaro turnirida g‘olib chiqqan zaif eshituvchi futzalchilarga avval 2 million bergandi. Endi esa 2 ming dollar ulashdi

O‘FA xalqaro turnirida g‘olib chiqqan zaif eshituvchi futzalchilarga avval 2 million bergandi. Endi esa 2 ming dollar ulashdi


O‘FA anjumanlar zalida zaif eshituvchi futzalchilarni ikkinchi bor taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ular World Deaf Futsal Championship xalqaro turnirida 18 yoshgacha bo‘lgan futzal termalarini mag‘lub etib, bosh sovringa ega chiqqandi.

Mazkur g‘alabadan keyin O‘FA zaif eshituvchi yosh futzalchilarni chaqirib, ularning har biriga mukofot sifatida 2 million so‘mdan taqdim etgandi. Vaholanki, ular norasmiy turnirda zafar quchgandi. Keyinroq zaif eshituvchi futzalchilarga e’tibor yaxshi bo‘lmagani, ularga sharoitlar yetarli emasligi borasida xabarlar ko‘paydi.

Shunday muammo bor ekan, nega jamoa murabbiyi yoki mutasaddilaridan kimdir men bilan uchrashmaydi? Ularga hamma sharoitni o‘zimiz qilib berardik. Davlatimiz rahbari sportchilar uchun barcha sharoitlarni muhayyo qilmoqdalar. Demak, biz ham o‘z navbatida futzalchilarning mashg‘ulotlari uchun imkon yaratib berardik.

O‘FA FIFA talablari asosida faoliyat olib boradi va uning rasmiy turnirlarida ishtirok etadi, tan oladi. Biroq siz ko‘rib turgan mana bu yosh futzalchilar vatanimiz bayrog‘ini ko‘kka ko‘tarib qaytishdi deb, ularga mukofot puli tayin qilgandik. O‘sha vaqtda hech kim muammolar haqida gapirmadi, endi uni o‘zimiz OAV orqali o‘qib bilyapmiz. Bugundan boshlab bu jamoaga sharoit bo‘ladi. Mashg‘ulot uchun zal bormi, forma bormi O‘FA unisini ham ko‘taradi. Hozir esa ularni ruxsatingiz bilan ikkinchi bor mukofotlaymiz va keyingi ishlarida omad tilaymiz.

Umid Ahmadjonov, O‘FA birinchi vitse-prezidenti

Shundan keyin jamoa vakillarining har biriga 16 376 000 so‘mdan mukofot topshirildi.

Shu kuni O‘FA zalida futzal bo‘yicha Osiyo Chempionatini 3-o‘rinda yakunlagan jamoa vakillari ham jam bo‘lgandi. Umid Ahmadjonov ularning har biriga hukumat nomidan 24 564 000 so‘mdan mukofot puli ulashdi.

O‘zini haqiqatdan ham ko‘rsatgan va borini berib, yakunda chempion bo‘la olgan sportchilarni hukumatimiz munosib mukofotlayotganini ko‘ryapsiz. Futzalchilarimizning o‘yinlarini tomosha qildik, ular faxrli 3-o‘rinni egalladi. Biroq bu bilan to‘xtab qolish kerak emas, keyingi safar chempionlik uchun kurash olib borish shart.

Nega endi futzalchilarga 24 million, zaif eshituvchi ukalarimizga 16 million, bu ajratish emasmi, deb o‘ylamang. Nasib bo‘lib, yosh futzalchilarimiz ham katta sportda o‘zini ko‘rsatsa va ular ham rasmiy turnirlarda zafar quchsa, bundan ham kattaroq yutuqlarga ega chiqadi.

Umid Ahmadjonov, O‘FA birinchi vitse-prezidenti



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2018, 16:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют