» » O‘zbekistonda serjantlar tayyorlash maktablari o‘z faoliyatini yakunladi

O‘zbekistonda serjantlar tayyorlash maktablari o‘z faoliyatini yakunladi


Chirchiq, Samarqand, Qarshi, Urganch, Namangan shaharlarida joylashgan Mudofaa vazirligi tizimidagi serjantlar tayyorlash maktablari o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda “Daryo”ga Mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

2001-yilda tashkil etilgan hamda 3 va 9 oylik o‘quv kurslaridan iborat bo‘lgan serjantlar tayyorlash maktablari faoliyati 26 yo‘nalish bo‘yicha kichik komandirlarni tayyorlash va malakasini oshirishga yo‘naltirilgan edi.

Serjantlar tarkibi endi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan Samarqand oliy harbiy avtomobil qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti o‘rnida tashkil etilgan Samarqand shahridagi kichik mutaxassislarni tayyorlash markazida tayyorlanadi.

Mazkur ta’lim muassasasida 6 oy davomida 11 yo‘nalish, ya’ni muhandislik, avtomobil xizmati, radiatsion, kimyoviy va biologik himoya, aloqa, frontorti ta’minoti, zirhli texnikalarga xizmat ko‘rsatish, artilleriya va quruqlikdagi qo‘shinlarning havo hujumidan mudofaa bo‘linmalari, radioelektron razvedka kabi yo‘nalishlar bo‘yicha kichik mutaxassislar tayyorlanadi. Ta’lim yakunida harbiy xizmatchilarga kichik serjant unvoni beriladi.

Markazning 3 oylik qayta tayyorlov o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan harbiy xizmatchilarga esa serjant va katta serjant unvonlari beriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2018, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют