» » 300 ming kishining o‘ldirilishiga aloqador deb topilgan “Osvensim hisobchisi” 96 yoshida vafot etdi

300 ming kishining o‘ldirilishiga aloqador deb topilgan “Osvensim hisobchisi” 96 yoshida vafot etdi


“Osvensim hisobchisi” sifatida mashhur bo‘lgan Oskar Gryoning 96 yoshida Germaniyada vafot etdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Spiegel nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Gryoning 9-mart, juma kuni kasalxonada olamdan ko‘z yumgan. O‘lim sabablariga aniqlik kiritilmayapti.

Gryoning 2015-yilda Osvensim konslagerida 300 ming kishi o‘ldirilishiga aloqadorlikda aybdor deb topilib, 4 yil qamoq jazosiga hukm qilingan, biroq apellyatsiyalar tufayli biror kun ham qamoqda o‘tirmagan.

U konslager qurbonlaridan pul va qimmatbaho buyumlarni yig‘ib olish bilan shug‘ullangani tufayli, “Osvensim hisobchisi” laqabini olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2018, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют