WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Xeyli AQSh Suriyaga zarba berishga tayyorligi haqida ogohlantirdi
Xeyli AQSh Suriyaga zarba berishga tayyorligi haqida ogohlantirdi
AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli Amerika tomoni Suriya hududida yangi harakatlarga tayyorligini bildirdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Biz o‘z amrini kimyoviy hujumlar va azob-uqubatlar yo‘li bilan o‘tkazmoqchi bo‘lgan har qanday mamlakatni ogohlantiramiz, bu ayniqsa, Suriya rejimiga taalluqli: zaruriyat bo‘lsa, AQSh hamon ishga kirishishga tayyor. Bu biz afzal ko‘rgan yo‘l emas, ammo bu biz tanlaydigan yo‘l. Va biz uni yana tanlashga tayyormiz”, — dedi Xeyli.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh BMT Xavfsizlik kengashi choralar ko‘ra olmagani tufayli, go‘yoki, kimyoviy hujum uyushtirilgan Suriya aviabazasiga “muvaffaqiyatli zarba” bergan.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Понравился ли Вам наш сайт?