» » “Matbuot” kiosklari multimedia markazlariga aylantiriladi

“Matbuot” kiosklari multimedia markazlariga aylantiriladi


“Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasi hamda ushbu tizimdagi korxonalar orqali respublika va mahalliy miqyosdagi bosma davriy nashrlar tarqatiladi. Gazeta va jurnallarni tarqatish 117 yo‘nalishda, qariyb 18 ming kilometr masofada amalga oshiriladi, deya xabar beradi Biznes-Daily.

Mazkur kompaniyaning istiqbolli rivojlantirish va moliya bo‘yicha direktori Mahmud Oripovning bildirishicha, bugungi kunda bitta “Matbuot” kioskining narxi o‘rtacha 35-37 million so‘mni tashkil etadi. Umumiy hisoblaganda, har bir yangi kioskni savdo joyiga o‘rnatish kompaniyaga o‘rtacha 39 million so‘mga tushadi.

Shu sabab kiosklar xarajatlarini qoplash, uning rentabelligini oshirish maqsadida qo‘shimcha xizmat turi va sotiladigan tovarlar assortimentini ko‘paytirish bo‘yicha ishlar olib borilyapti. “Matbuot” kiosklarining vazifalari kengaytirilib, ularning aholiga axborot, reklamaga oid, turli xildagi to‘lovlarni qabul qilish, internet-do‘konlar buyurtmalarini bajarish kabi xizmat turlarini ko‘rsatishi ham yo‘lga qo‘yilgan.

Tez orada an’anaviy “Matbuot” kiosklari hozirgi davrning talab va taklifiga asosan zamonaviylashtiriladi — ular umumiy multimedia markazlariga aylantiriladi. Bunday kiosklarda aholiga ijtimoiy ahamiyatga ega xizmatlar bajariladi. Xususan, to‘lov terminallari, interaktiv karta, Wi-Fi orqali ma’lumotlarni uzatish, internet buyurtmalarini berish, ularni yetkazish kabi xizmat turlari ko‘rsatiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2018, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют