» » O‘zbekistonda “Matbuot” kiosklarining 700 ga yaqini to‘lov terminallari yo‘qligi uchun yopib qo‘yildi

O‘zbekistonda “Matbuot” kiosklarining 700 ga yaqini to‘lov terminallari yo‘qligi uchun yopib qo‘yildi


Milliy matbuot markazida “Matbuot tarqatuvchi” kompaniyasi tomonidan vaqtli matbuot nashrlarini aholiga tez va sifatli yetkazib berish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar, muammo va yechimlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Anjumanda kompaniyaning chakana savdo tizimida davriy nashrlar bilan birga 700 dan ortiq turdagi kitob mahsulotlari savdoga chiqarilgani qayd etildi.

Tizim korxonalaridagi mavjud “Matbuot” kiosklarining aksariyati joriy va kapital ta’mirlandi. Marketing tadqiqotlariga asosan aholi gavjum joylarga 153 hamda Toshkent shahrining markaziy ko‘chalariga yangi tipdagi 98 kiosk joylashtirildi. Avtomashinalar ta’mirlanib, 49 yangi avtotransport vositasi xarid qilindi. Joriy yil uchun obunani rasmiylashtirish va yetkazib berish xarajatlari bo‘yicha tariflar sezilarli darajada pasaytirildi, ba’zi nashrlar, xususan, ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega va bolalar uchun nashrlarga imtiyozlar qo‘llanildi.

Alisher Qosimov, “Matbuot tarqatuvchi” kompaniyasi bosh yurist-konsultanti

“Akmt.uz” veb-saytida obuna katalogining elektron ko‘rinishi joylashtirilgan bo‘lib, internet tarmog‘i orqali ham davriy nashrlarga obuna yo‘lga qo‘yilgan. Hozir mazkur xizmat turi yanada takomillashtirilmoqda.

Shu bilan birga kompaniya faoliyatida mavjud muammo va kamchiliklar borasida ham to‘xtalib o‘tildi. Xususan, bugungi kunda “Matbuot” kiosklarining 700 ga yaqini to‘lov terminallari bilan ta’minlanmagani uchun yopib qo‘yilgan.

Ularning aksariyatida yangi xizmat turlari, xususan, internet hamda xalqaro telefon so‘zlashuv kartalari, uyali aloqa telefonlariga to‘lov kartalari sotuvi, telefon-faks va nusxa ko‘paytirish xizmatlari yo‘lga qo‘yilmagan.

Matbuot anjumanida ana shu singari kamchiliklar va ularni bartaraf etish borasida qilinayotgan ishlar haqida fikr yuritildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-04-2017, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют