WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Baxtiyor Hamidov O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasining bosh direktori etib tayinlandi
Baxtiyor Hamidov O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasining bosh direktori etib tayinlandi
Baxtiyor Hamidov O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasining bosh direktori etib tayinlandi, deb xabar berdi “Gazeta.uz”.
Baxtiyor Hamidov assotsiatsiyaga 2005-yildan buyon rahbarlik qilib kelayotgan Saydullo Abdullayevning o‘rnini egalladi.
Bunga qadar 72 yoshli Baxtiyor Hamidov bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — moliya vaziri (1994—1998), makroiqtisodiyot va statistika vaziri (2000-yilgacha), Qashqadaryo viloyati hokimi (2000—2002), shuningdek, hozirgi “Ipoteka bank”i raisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasi nizomiga muvofiq, bosh direktor assotsiatsiya Kengashi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Кто вы по знаку зодиака?