» » Xorijdan qaytgan mehnat migrantlarining 500 ming nafari ish bilan ta’minlandi

Xorijdan qaytgan mehnat migrantlarining 500 ming nafari ish bilan ta’minlandi


Parlament quyi palatasidagi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Unda hududlardagi mavjud holat bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish va o‘rganishlar yakunlari hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha qilingan ishlar sarhisob qilindi.

Respublika tumanlaridagi 5224 ta xonadon sohibi bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazilgan.

Muloqotlarda 3 mingdan ortiq turli yo‘nalishdagi muammo ko‘tarilib, ularning mingdan ziyodi deputatlar tomonidan mutasaddi tashkilotlar ishtirokida joyida hal etildi. 1538 ta turli xildagi muammoni bartaraf etishga qaratilgan tumanlarning “yo‘l xaritalari” ishlab chiqilib, xalq deputatlari mahalliy kengashlarining sessiyalarida tasdiqlandi. Ayrim muammolar respublika va viloyat darajasida hal etiladigan bo‘ldi.

2018-yilning 1-yanvar holatiga xorijda mehnat faoliyatini yuritib, qaytib kelgan 779,2 ming fuqarodan 493,7 ming nafarining bandligi ta’minlangan.

Sohada saqlanib qolayotgan muammolarning yechimiga xizmat qiluvchi va tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish maqsadida vazirlik tomonidan “Mehnat migratsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2018, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 59) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют