» » MIB faoliyatini boshlaganidan beri inspektorlarga qarshilik ko‘rsatish bilan bog‘liq 100 dan ortiq holat qayd etildi (video)

MIB faoliyatini boshlaganidan beri inspektorlarga qarshilik ko‘rsatish bilan bog‘liq 100 dan ortiq holat qayd etildi (video)


Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyatini boshlagan 10 oy davomida davlat inspektorlariga qarshilik ko‘rsatish bilan bog‘liq 121 ta holat qayd etildi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda. 

Mazkur holatlarning 56 tasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi, 20 nafar shaxs byuro xodimlariga tan jarohatlari yetkazgani uchun ozodlikdan mahrum etildi. 

Jumladan, Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida yashovchi shaxsga sud 3 yil axloq tuzatish ishlarini tayinladi. U 7,5 million so‘m qarzdorlik uchun uyni elektr tarmog‘idan uzish uchun kelgan byuro xodimini kaltaklagandi. 

Namangan viloyatining Norin tumanida ham shunga o‘xshash holat qayd etildi: qarzdor erkak qarindoshi bilan birga inspektorga tashlandi. U kasalxonaga yetkazildi, huquqbuzarga esa jinoiy ish ochildi. 

17-fevral kuni Qashqadaryo viloyatining Koson tumanidagi kasalxonaga elektr tarmog‘iga noqonuniy ulangan do‘konni aniqlagan byuro xodimi yetkazildi. Akt tuzish chog‘ida savdo nuqtasi egasining do‘sti inspektor bilan janjallashib, unga pichoq urdi. Jabrdiydaning hayoti saqlab qolindi, hujum qilgan shaxs esa jinoiy javobgarlikka tortiladigan bo‘ldi. 

Ma’lumot uchun, joriy yil yanvar oyida byuro tomonidan jami 3,135 trillion so‘m qarzdorlik undirildi. Bundan 2,166 trillion so‘m tabiiy gaz, 924 milliard so‘m elektr energiyasi, 45,3 milliard so‘m ichimlik suvi iste’moli uchun qarzdorlikka to‘g‘ri keldi. 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2018, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 37) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют