» » Openbucks kompaniyasi rahbari Toshkentdagi Inha universitetiga tashrif buyurdi

Openbucks kompaniyasi rahbari Toshkentdagi Inha universitetiga tashrif buyurdi


Openbucks kompaniyasi asoschisi va prezidenti Mark Rochman Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT)ga tashrif buyurdi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mark Rochmanning O‘zbekistonga AKTdan foydalanishga asoslangan holda iqtisodiyotning yuqori texnologik tarmoqlarini shakllantirish va faol rivojlantirish sharoitlari, jumladan, yaqinda tashkil etilgan Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Mirzo Ulugbek Innovation Center” innovatsiya markazining faoliyati bilan tanishish maqsadida tashrif buyurdi.

Shuningdek, u O‘zbekistondagi AT-bozorni rivojlantirish bo‘yicha o‘z tavsiya va takliflari bilan o‘rtoqlashadi.

Openbucks rahbari AKT vazirligi hamda BMTTDning “Samarali davlat boshqaruvini rivojlantirish va raqamli transformatsiyaga ko‘mak” qo‘shma loyihasi orqali taklif qilindi.

IUT rektori Sarvar Boboxo‘jayev mehmonni qutladi hamda axborot texnologiyalari va logistika bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydigan O‘zbekistondagi eng yosh universitetlardan birining faoliyati, hamda oliy o‘quv yurtini rivojlantirish rejalari to‘g‘risida gapirib berdi.

Uchrashuv davomida tomonlar Silicon Valley Talks qo‘shma loyihasi bo‘yicha hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari va “Kremniy vodiysi” tajribasini o‘rganish masalalarini muhokama qilishdi.

Mark Rochman O‘zbekistondagi eng yosh universitetlardan birida talabalar va o‘qituvchi-professorlar uchun yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar bilan tanishdi.

Ma’lumot uchun, 2010-yilda asos solingan Openbucks kompaniyasi elektron tijorat sohasida innovatsion xizmatlarni taqdim etadi. Kompaniya to‘lovlarni internet orqali amalga oshirishga yordam beruvchi xizmatni taqdim etadi. Xizmat kredit kartani akkaunt bilan uyg‘unlashtirish hamda maxsus kod yordamida tovarlar uchun to‘lovni amalga oshirishni taklif qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2018, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют