» » Qozog‘iston va O‘zbekiston hamkorlikda tarixiy film suratga oladi

Qozog‘iston va O‘zbekiston hamkorlikda tarixiy film suratga oladi


Qozog‘iston va O‘zbekiston kino ijodkorlari hamkorlikda tarixiy filmni suratga olishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi “Kazinform”.

“Biz o‘zbekistonlik hamkasblarimiz bilan hamkorlikda tarixiy film suratga olishni rejalashtirmoqdamiz. Agar buyuk mo‘g‘ullar tarixi haqida gapiradigan bo‘lsak, biz umumiy tarixga egamiz. Biz dastlab ssenariyni tayyorlab olishimiz kerak, keyin jarayon boshlanadi”, — deydi Qozog‘iston madaniyat va sport vaziri Aristanbek Muhammad o‘g‘li.

Qozog‘iston madaniyat va sport vaziri 15-mart kuni Qozog‘istonda O‘zbekiston yilining tantanali ochilishi o‘tkazilishini alohida ta’kidladi.

“Ikki davlat o‘rtasidagi yirik salohiyat, xususan madaniyat, turizm, sport sohalaridagi salohiyat bizga katta optimizmni baxsh etmoqda. Kelajakda hamkorlikdagi harakatlarimiz bilan Markaziy Osiyo hududini yanada ko‘rkamlashtirishimiz va butun insoniyat uchun muhim ahamiyatli qilishimiz mumkin”, — deydi vazir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2018, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют