» » FVVning qutqaruv tuzilmalari “Yоritish minorasi” bilan ta’minlandi

FVVning qutqaruv tuzilmalari “Yоritish minorasi” bilan ta’minlandi


Favqulodda vaziyatlar vazirligining barcha qutqaruv tuzilmalari “Yоritish minorasi” bilan ta’minlandi, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati.

Mazkur yoritish tizimi elektr tarmoqlari mavjud bo‘lmagan yoki elektr tarmoqlarida uzilishlar bo‘lgan hududlarni yoritish imkonini beradi.

“Yоritish minorasi” tabiiy va texnogen  favqulodda vaziyatlar vujudga kelgan joylarda tezlik bilan tunda qutqaruv operatsiyalari o‘tkazish uchun katta maydonlarni yoritishga mo‘ljallangan.

Qayd etilishicha, “Yоritish minorasi”ni o‘rnatish uchun 1 daqiqa kerak bo‘ladi, uning balandligi 3—5—7 metrgacha moslashtiriladi,  yoritish radiusi esa balandligini moslashtirilishi hisobiga  30—50 metrni tashkil etadi, shamolga qarshiligi sekundiga 20 metrgacha barqaror, ish haroratining oralig‘i -40 dan +60 darajagacha chidamli.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2018, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 107) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют