» » Shavkat Mirziyoyev qorakolchilik sohasini rivojlantirishga qaratilgan qaror qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev qorakolchilik sohasini rivojlantirishga qaratilgan qaror qabul qildi


Ozbekiston Prezidentining Qorakolchilik sohasini jadal rivojlantirish chora tadbirlari togrisidagi qarori qabul qilindi. Bu haqda OzA xabar bermoqda.

Ozbekiston qorakol mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va ularning turlarini kopaytirishga qaratilgan keng kolamli tarkibiy ozgartirishlar amalga oshirildi.

Otgan davr mobaynida qorakol zotli qoylarning bosh soni qariyb2 baravarga kopayib, sohada olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida qorakol qoylarining yangi turlari va chol ozuqabop ekinlarining yangi navlari yaratildi.

Shu bilan birga quyidagilar qorakolchilik sohasining jadal rivojlanishiga ozining salbiy tasirini korsatmoqda:

birinchidan,qorakol zotli qoylarning irsiy xususiyatlari buzilishi, qoylar tana hajmining kichiklashishi;

ikkinchidan,cholda ozuqa ishlab chiqarishni intensivlashtirishning ilmiy va amaliy asoslari yaratilmaganligi, chol ozuqabop osimliklari istiqbolli navlarining birlamchi urugchiligini tashkil etish ishlari yolga qoyilmaganligi;

uchinchidan,yaylovlarni rivojlantirish va ularning hosildorligini oshirishga qaratilgan ilmiy va innovatsion ishlanmalarning joriy etilmaganligi, yaylovlardagi mavjud suv inshootlarining eskirganligi;

tortinchidan,qorakolchilik bilan shugullanayotgan xojalik yurituvchi subyektlar va aholi tomonidan yetishtirilgan qoy terisi, qorakol terisiva junini xarid qilish, ularga ozuqa mahsulotlari yetkazib berishning yagona tizimi mavjud emasligi;

beshinchidan,qorakolchilik mahsulotlarini qayta ishlash va tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarning modernizatsiya qilinmaganligi, ushbu sohada yangi zamonaviy texnologiyalar asosida faoliyat yurituvchi korxonalarning barpo etilmaganligi;

oltinchidan,qorakolchilik sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlarni ragbatlantirish va qollab-quvvatlash mexanizmining mavjud emasligi hamda ularning qonimsizligi.

Qorakolchilik sohasini yanada isloh qilishni taminlash, sohada naslchilik ishlarini ilmiy asosda yolga qoyish va jahon bozori talablariga javob beradigan sifatli qorakol terilarini yetishtirish, Buxoro qorakoli nufuzini qayta tiklash va sohaning eksport salohiyatini oshirish, qorakolchilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini kopaytirishva yaylovlardan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida:

1.Ozbekiston Respublikasi Qishloq xojaligi vazirligi, Respublika Qorakolchilik uyushmasi, Ozbekiston qishloq xojaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi va Buxoro viloyati hokimligining:

Qorakolchilik va chol ekologiyasi ilmiy-tadqiqot institutining Buxoro filialini;

Ozbekiston qishloq xojaligi ilmiy-ishlab chiqarish markaziga qarashliBuxoro chol-yaylov ozuqabop osimliklar urugchiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazinitashkil etish togrisidagi takliflari maqullansin.

2.Filialning tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq va markazning tuzilmasi2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Ozbekiston qishloq xojaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi bosh direktoriga, zarur hollarda, filialning va markazning tuzilmalariga xodimlarning tasdiqlangan umumiy cheklangan soni va mehnatga haq tolash jamgarmasi doirasida ozgartishlar kiritish huquqi berilsin.

3.Quyidagilar filialning asosiy vazifalari etib belgilansin:

naslchilik va suniy uruglantirish ishlarini ilmiy asosda tizimli tashkil etish, bunda qimmatli, eksportbop yarim doira qalamgul, qovurgasimon, yassi gul tiplaridagi sur va qora rangli qorakol qoylari seleksiyasini amalga oshirishga alohida etibor qaratish;

Buxoro viloyatining qorakolchilikka ixtisoslashgan fermer xojaliklarida ilmiy ishlanmalarni amaliyotda sinash va uning ijobiy natijalarini ishlab chiqarishga keng joriy etish;

naslli qochqorlarning rangi va tipi boyicha hududlar hamda xojaliklar kesimida almashinuvini tashkil etish;

qorakolchilik sohasi rivojlangan xorijiy davlatlarning tajribasiva qorakolchilikda olib borilayotgan naslchilik va seleksiya ishlarini organish va bu borada erishilgan ilgor yutuqlarni joriy etish.

4.Quyidagilar markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:

chol hududlarida ozuqa ishlab chiqarishni intensivlashtirishning ilmiy va amaliy asoslarini yaratish, chol ozuqabop osimliklar istiqbolli navlarining birlamchi urugchiligini tashkil etish;

chol ozuqabop ekinlari urugliklari yetishtiriladigan maydonlarda ilgor agrotexnik tadbirlarni joriy qilish, ushbu maydonlarni sifatli urugliklar bilan taminlash va uruglik yetishtirish hajmini oshirish;

yaylovlar tuproq iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda mos navlarni tanlash va ularning uruglarini jadal kopaytirish;

inqirozga uchragan yaylov maydonlarini aniqlash va ularni tiklash hamda hosildorligini oshirish uchun chol ozuqabop ekinlarni ekish ishlarini tashkil etish;

qorakolchilikka ixtisoslashgan xojaliklarning talabiga asosan ozuqabop ekinlar uruglarini yetkazib berish.

5.Buxoro viloyati hokimligi bir oy muddatda:

Ozbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qomitasi, Respublika Qorakolchilik uyushmasi bilan birgalikda markaz tomonidan chol ozuqabop osimliklar uruglarini yetishtirish maqsadida Buxoro viloyatining tuproq va iqlim sharoitidan kelib chiqib 4 ta uchastka tashkil etib, ularga jami1000 gektar yaylov yer maydonlari ajratib berish;

Ozbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga komaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qomitasi bilan birgalikda filial va markazni bir binoda joylashtirish choralarini korsin.

Markaz respublikaning boshqa viloyatlarida ham oz filiallarini tashkil etishi va kelgusida markaz hamda uning filiallari faoliyatini davlat-xususiy sherikchilik asosida yolga qoyishi mumkinligi belgilansin.

6.Quyidagilar Qorakolchilik va chol ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti, filial va markaz faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari etib belgilansin:

Institut, filial va markazni saqlash, shu jumladan xodimlarning ish haqi va unga tenglashtirilgan tolovlarni amalga oshirish uchun ajratiladigan Ozbekiston Respublikasi davlat budjeti mablaglari;

xojalik faoliyatidan olinadigan daromadlar;

xalqaro moliyaviy va boshqa institutlar, xorijiy tashkilotlarning grantlari, shuningdek, qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar;

Ozbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan otkaziladigan tanlovlar natijalari boyicha ajratiladigan grant mablaglari.

Ozbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ajratiladigan grant mablaglari qorakolchilik sohasi boyicha amalga oshirilayotgan aniq ishlanma va loyiha tashabbuskorlarini ragbatlantirish maqsadlari uchun yonaltirilishi belgilansin.

7.Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi institut, filialva markazni saqlash, xodimlar uchun budjet hisobidan ish haqi tolash bilan bogliq xarajatlar uchun zarur mablaglarni 2018-yil 1-apreldan Ozbekiston Respublikasi davlat budjetining xarajatlari parametrlari doirasida ajratsin, 2019-yildan boshlab esa Ozbekiston Respublikasi davlat budjetining parametrlarida nazarda tutsin.

8.Belgilansinki, markazning chol-yaylov osimliklarning urugliklarini yetishtirish va ularni chol hududlarda ekish bilan bogliq xarajatlari Ozbekiston Respublikasi davlat budjeti mablaglari hisobidan, shu jumladan,2018-yilda 2,5 milliard som miqdorda ajratiladigan mablaglar hisobidan amalga oshiriladi.

Ozbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qomitasi inqirozga uchragan yaylov maydonlarining tiklanish davrida yaylov sifatida foydalanilmasligi ustidan doimiy nazorat ornatsin.

9.Ozbekiston Respublikasi Qishloq xojaligi vazirligi:

Ozbekiston Respublikasi Qishloq xojaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xojaligi yonalishidagi oliy talim muassasalarini qollab-quvvatlash jamgarmasi mablaglari hisobidan filial va markazda zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan ilmiy laboratoriyalar tashkil etish hamda markazni qishloq xojalik texnikalari bilan taminlash uchun zarur mablaglar ajratilishini;

bir oy muddatda Oliy va orta maxsus talim vazirligi hamda Qorakolchilik uyushmasi bilan birgalikda qishloq xojaligi yonalishidagi oliy talim muassasalarida 2018/2019-oquv yilidan boshlab qorakolchi seleksioner va chol osimliklari yaylovshunosi yonalishida sirtqi bolimni tashkil etish yuzasidan asoslantirilgan takliflar, shuningdek, institut tuzilmasini maqbullashtirish va uning faoliyati samaradorligini yanada oshirish boyicha hukumat qarori loyihasi Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taminlasin.

10. Belgilansinki:

a)2023-yil 1-yanvarga qadar qorakolchilik bilan shugullanayotgan subyektlar va qorakolchilik mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari qorakolchilik uchun zarur bolgan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda tasdiqlanadigan royxat boyicha import qilinadigan materiallar uchun bojxona tolovlari tolashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yigimlaridan tashqari) ozod etiladi;

b)qoraqolchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer soligi stavkalari 2023-yil 1-yanvarga qadar ozgarishsiz qoldiriladi;

v)respublika hududida qorakol terisi va junini tayyorlash hamda xarid qilish Ozbekcharmpoyabzal va Qorakolchilik uyushmalari tizimidagi korxonalar tomonidan oldindan 50 foiz bonak tolash orqali amalga oshiriladi.

11.Ozbekiston Respublikasi Qishloq xojaligi vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Ozdonmahsulot AK, Ozpaxtayog AJ, Respublika tovar xomashyo birjasi, Ozbekcharmpoyabzal va Qorakolchilik uyushmalari bilan birgalikda bir oy muddatda qorakolchilik bilan shugullanayotgan subyektlar tomonidan yetishtirilgan qoy terisi, qorakol terisi va junini xarid qilish, shuningdek, ularga omuxta yem, arpa, paxta shroti va sheluxasini yetkazib berish tizimi joriy etilishini nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

12.Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy va Samarqand viloyatlarida qorakolchilik sohasida naslchilik seleksiya ishlarini takomillashtirish, jahon bozori talablariga mos bolgan raqobatbardosh qorakol terisi ishlab chiqarish va uni qayta ishlashni moliyaviy jihatdan qollab-quvvatlash maqsadida Qorakol uyushmalarining Ozbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki filiallarida ochiladigan maxsus hisob-raqamlar shaklida Qorakolchilikni rivojlantirish jamgarmalari tashkil etilsin.

13.Jamgarmalarning asosiy vazifalari etib:

jahon bozorida qorakolchilik mahsulotiga bolgan talab va takliflarni, qorakolchilik sohasi rivojlangan xorijiy davlatlarning ilgor tajribalarini organish, malaka oshirish masalalari boyicha mahalliy qorakolchi mutaxassislarning xizmat safarlarini tashkil etishni;

respublika miqyosida naslli qorakol kochqorlarini xojaliklararo almashtirish boyicha korgazmali seminarlar tashkil etish xarajatlarini;

qorakolchilik sohasida mahalliy va chet el mutaxassislari ishtirokida korgazmali oquv seminarlari otkazishni;

respublikada qorakolchilik mahsulotlarini eksport qilishda qorakolchilik korxonalarini qollab-quvvatlashni;

qorakolchilikka ixtisoslashtirilgan fermer xojaliklari va naslchilik korxonalarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash hamda qorakolchilik maxsulotlarini qayta ishlash korxonasini tashkil etish uchun Ozbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki filiallari orqali 3 yil muddatga 3 foizli imtiyozli yillik stavka boyicha kredit liniyalarini ochishni moliyalashtirish hisoblansin.

14.Quyidagilar jamgarmalarni shakllantirish manbalari etib belgilansin:

jismoniy va yuridik shaxslarning, xayriya jamgarmalarining grantlari, ixtiyoriy badallari, xorijiy donorlarning mablaglari;

jamgarmalarning vaqtincha bosh mablaglarini joylashtirishdan tushadigan daromadlar;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Tijorat banklarining oz mablaglari hamda Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand va Navoiy viloyat hokimliklarining mahalliy budjetlarining qoshimcha manbalari hisobidan mazkur qarorning 3-ilovasiga muvofiq jamgarmalarning dastlabki mablaglarini shakllantirish togrisidagi tashabbuslari maqullansin.

Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy va Samarqand viloyatlari hokimliklari 20192020-yillar davomida jamgarmalar mablaglarining ozlashtirilishidan kelib chiqib, zaruratga kora, mahalliy budjetlarning qoshimcha manbalari hisobidan tegishli mablaglar ajratish choralarini korsin.

15.Ozbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankiga Qorakolchilik uyushmasi tarkibiga kiruvchi Buxoro viloyati hududida qorakolchilik bilan shugullanayotgan korxonalar, fermer va dehqon xojaliklarida mavjud qorakol qoylarining zotini yaxshilash maqsadida chetdan naslli qoylar sotib olish hamda viloyatda qorakol terisi, junini qayta ishlash korxonalarini tashkil etish, mavjudlarini modernizatsiya qilish loyihalarini moliyalashtirish uchun Ozbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmaydigan stavkaboyicha 30 milliardsom miqdorida imtiyozli kredit mablaglarini ajratish tavsiya etilsin.

16.Qorakolchilik bilan shugullanayotgan tadbirkorlik subyektlariga moliyaviy yordam korsatish maqsadida suniy uruglantirish punktlarini modernizatsiya qilish va yangilarini tashkil etish, chetdan naslli qoylar, qorakolchilikka ixtisoslashgan korxonalar, fermer va dehqon xojaliklari uchun zarur texnologik asbob-uskunalarni xarid qilish, qorakol terisiva junini qayta ishlash, chol ozuqabop osimliklarni yetishtirishga moljallangan yaylovlarni rivojlantirish va ularning hosildorligini oshirish bilan bogliq loyihalarga Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qollab-quvvatlash davlat jamgarmasidan resurs mablaglari ajratilishiga, kafilliklar berilishiga hamda kreditlar boyicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiyalar tolanishiga ruxsat berilsin.

17.Ozbekcharmpoyabzal uyushmasi, Buxoro viloyati hokimligiva Ozbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki 2018-yil1-sentabrga qadar Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil6-yanvardagi PQ2718-son Oziq-ovqat, charmpoyabzal va farmatsevtika sanoatidagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalarini kengaytirish chora-tadbirlari togrisidagi qarorida nazarda tutilgan kredit liniyalari hisobidan Buxoro shahrida qorakol terisi xom ashyosini chuqur qayta ishlash korxonasi tashkil etilishini taminlasin.

18.Ozagrotexsanoatxolding va Ozagrolizing aksiyadorlik jamiyatlari qorakolchilik faoliyati bilan shugullanuvchi subyektlarga chol yaylov ozuqabop osimliklarning urugliklarini yetishtirish va ularni chol hududlarida ekish bilan bogliq agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish uchun talab etiladigan texnikalarni lizing asosida yetkazib berish choralarini korsin.

19.Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari mazkur qarorning 4 va 5-ilovalariga asosan 20182020-yillarda uzoq chol hududlarida qorakol qoylarini sugorish inshootlari (tik va shaxtali quduqlar)ni tamirlash va yangilarini qurish bilan bogliq xarajatlari uchun mahalliy budjetlarining qoshimcha manbalari hisobidan dastlabki hisob-kitoblarga kora 45 milliard som mablag ajratilishini taminlasin.

Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, zaruratga kora, Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari hokimliklarining soroviga asosan yil yakuniga qadar qaytarish sharti bilan ushbu maqsadlar uchun respublika budjetidan budjet ssudalari ajratilishinitaminlasin.

Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli viloyatlar hokimliklari Ozbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qomitasining sugorish inshootlarini tamirlash va qurish ishlarining maqsadga muvofiqligi boyicha ornatilgan tartibda gidrogeologik xulosalari hamda quduqlarni eng maqbul joylarda qazish boyicha takliflari asosida sugorish inshootlarini tamirlash va yangilarini qurish ishlarini amalga oshirish hamda ularning saqlanishi yuzasidan nazorat ornatish boyicha masul etib belgilansin.

20.Ozbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi Savdo-sanoat palatasi, Respublika Qorakolchilik va Ozbekcharmpoyabzal uyushmalari bilan birgalikda bir oy muddatda qorakol terisini xalqaro moyna kimoshdi savdolarida realizatsiya qilish va salohiyatli chet ellik sheriklarni topish orqali tashqi bozorlarga chiqish, ozbek qorakol terisining xalqaro miqyosdagi brendini tiklash boyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

21.Ozbekiston Respublikasi Davlat bojxona qomitasiga, Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisiga, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari hokimlariga, qoshni davlatlarga chegaradosh tumanlar hokimlariga qorakolchilik mahsulotlarini respublika tashqarisiga noqonuniy olib chiqib ketilishining oldini olish boyicha korilayotgan chora-tadbirlarning yetarli emasligi korsatib otilsin.

Ozbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qomitasi hududiy tuzilmalarining boshliqlari, Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari qorakolchilik mahsulotlarining respublika tashqarisiga noqonuniy olib chiqib ketilishi hollarining oz vaqtida oldini olish boyicha ishlarning ahvoli uchun shaxsiy javobgarligi belgilansin.

22.Ozbekiston Matbuot va axborot agentligi, Ozbekiston Milliy axborot agentligi, Ozbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Qorakolchilik uyushmasi bilan birgalikda qorakolchilik tarmogida amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsadi, mohiyati va mazmuni aholi orasida muntazam ravishda keng yoritilishini taminlasin.

23.Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasi bosh vazirining orinbosari Z.T. Mirzayev, Qorakolchilik uyushmasi raisi N.E. Yuldashov va Buxoro viloyati hokimi O.I. Barnoyev zimmasiga yuklansin.



Manba: Daryo.uz
: admin (14-03-2018, 18:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 24) ( 0) ( 22) ( 2)
:
-
:
20 ... -