» » Toshkentda qaynotasiga o‘n martadan ortiq pichoq urgan jinoyatchiga nisbatan hukm o‘qildi

Toshkentda qaynotasiga o‘n martadan ortiq pichoq urgan jinoyatchiga nisbatan hukm o‘qildi


Toshkent shahar Olmazor tumanidagi “Sokinsoy” oshxonasi oldidan oquvchi yo‘l yuzida Shorasulov Shamsiddin Shorasulovich o‘z qaynotasiga nisbatan dahshatli qotillikni sodir qilgan, deb yozadi UzNews.

2017-yilning 21-oktabr kuni soat taxminan 16:30 da 1990-yili tug‘ilgan Shamsiddin Shorasulov o‘z rafiqasi bilan bo‘lgan oilaviy kelishmovchiliklarning alamini qaynotasidan oldi.

U 58 yoshli qaynotasi Q.R. Ziyayevni o‘zaro gaplashib olish uchun chaqirib, uchrashuv vaqtida uning tanasiga ro‘zg‘or pichog‘i bilan o‘n martadan ortiq zarba bergan.

Natijada Q.R. Ziyayev inson hayoti uchun xavfli bo‘lgan organlariga yetkazilgan ko‘plab tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Bu mudhish jinoyat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ushbu ish yuzasidan olib borilgan tergov-surshtiruv ishlari natijasida Qurbonov Sa’dulla Salimovich ham jinoyat ishiga ayblanuvchi sifatida jalb qilingan. Sababi — Sa’dulla Qurbonov do‘sti Shamsiddin Shorasulovning jinoyatiga yordam bergan holda ayrim ashyoviy dalillarni qasddan yo‘q qilishga erishgan. Ya’ni, Shamsiddin Shorasulov do‘stiga qaynotasini o‘ldirgani va qonga belangan kiyimlari hamda jinoyatning asosiy quroli bo‘lgan pichoqni yo‘qotishni so‘raganda, Sa’dulla bu haqda tegishli huquq tartibot idoralariga xabar bermagan, bu holatni yashirganligi aniqlangan.

Ushbu mudhish qotillik Olmazor tumani Jinoyat ishlari sudida ko‘rib chiqildi va aybdorlarga nisbatan hukm o‘qildi.

Sudda ishtirok etgan Olmazor tumani prokurori o‘rinbosari Davron Abdullayev ayblanuvchiga nisbatan 12 yillik qamoq jazosi berilishini so‘ragan bo‘lsa-da, maslahatda qolgan sud ayblanuvchiga nisbatan 14 yillik qamoq jazosi tayinladi.

Jinoyat ishining “o‘ta nozikligi”, bu jinoyat ishida oilaviy nizo, munosabatlar, kuyovning o‘z qaynotasini o‘ldirganligi inobatga olingan holda, ushbu sud jarayonida shaxsan Olmazor tumani Jinoyat ishlari bo‘yicha sudining rahbari Bobonov Zafar Quvondiqovich raislik qildi.

UzNews Olmazor tumani Jinoyat ishlari bo‘yicha sudi raisi Zafar Bobonovning fikrlarini yozib oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2018, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 115) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют