» » Qozog‘istonda O‘zbekiston yili doirasida iqtisodiyot, turizm va madaniyat sohalarida 200 ta tadbir o‘tkaziladi

Qozog‘istonda O‘zbekiston yili doirasida iqtisodiyot, turizm va madaniyat sohalarida 200 ta tadbir o‘tkaziladi


O‘zbekiston va Qozog‘iston ikki tomonama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 17-yig‘ilishi yakunida qator hujjatlarni imzoladi. Bu haqda “Kazinform” xabar bermoqda.

Jumladan, “Qozog‘iston temir yo‘li” va “O‘zbekiston temir yo‘llari” o‘rtasida strategik hamkorlik, shuningdek, temir yo‘l transport mashinasozligi sohasida qo‘shma korxona tuzish bo‘yicha kelishuv imzolandi.

“Allyur” kompaniyalar guruhi va “O‘zavtosanoat” uzoq muddatli va chuqur hamkorlik haqida dastlabki kelishuvga erishdi. Temir yo‘l, avtobus va aviaqatnovlar sonini ko‘paytirish mo‘ljallangan.

Tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi tovar aylanmasini 2018-yilda 3 milliard, 2020-yilga kelib 5 milliard dollarga yetkazish ustida ishlash to‘g‘risida kelishib oldi. Gaz sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish, Qozog‘iston gazini O‘zbekiston hududi orqali mamlakat janubiga tranzit yetkazish imkoniyatini ko‘rib chiqish masalalari muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun, Qozog‘istonda O‘zbekiston yili doirasida iqtisodiyot, turizm, madaniy-gumanitar sohalarda 200 ta tadbir o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2018, 07:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 82) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют