» » Qozogistonlik ekspert: Ozbekiston va Qozogiston bir kemada

Qozogistonlik ekspert: Ozbekiston va Qozogiston bir kemada


Kazinform xalqaro axborot agentligi Qozogiston prezidenti huzuridagi strategik tadqiqotlar instituti direktori orinbosari Sanat Kushkumboyevning Qozogiston Ozbekiston hamkorligi istiqbollari borasidagi fikr-mulohazalari bilan ortoqlashdi, deb yozadi OzA.

Sanat Kushkumboyev 2017-yilda ikki davlat ortasidagi hamkorlik aloqalari yangi bosqichga chiqqani, siyosiy, iqtisodiy munosabatlar faollashgani, bu esa Ozbekiston va Qozogiston rahbarlarining amalga oshirgan samarali tashriflari, oliy darajada otkazilgan koplab uchrashuvlar mahsuli ekanligini takidlagan.

Shuningdek, u ikki mamlakat ortasidagi savdo aylanmasi qariyb 2 milliard dollarni tashkil etgani, prezidentlar bu korsatkichni 2020-yilgacha 5 milliard dollarga yetkazish vazifasini qoyganini ham alohida qayd etgan.

Ozbekistonning 32 millionga yaqin aholisi bor. Bu ulkan va keng kolamli bozor, mehnat resurslari degani. Shuningdek, mamlakatning qulay iqlim sharoiti yil boyi meva va sabzavot yetishtirish imkonini beradi. Shu bilan birga Ozbekiston avtomobilsozlik sohasida yuqori salohiyatga ega. Nafaqat yengil avtomobillar, balki yuk va yolovchi tashuvchi texnikalar ham ishlab chiqarilmoqda. Ayni vaqtda Ozbekiston oz hududini sanoatlashtirish boyicha yirik loyihalarni amalga oshirmoqda. Deyarli har bir hududda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil qilinmoqda, deya eskpert Qozogiston va Ozbekiston ortasidagi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishda ayni shu jihatlarga etibor qaratish lozimligiga toxtalgan.

Mintaqada xavfsizlikni taminlash va mustahkamlash borasida ham Qozogiston va Ozbekiston ozaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirishi zarur. Aslida bu masalada mamlakatlarimiz bir kemada, deya sozlariga yakun yasaydi Sanat Kushkumboyev.



Manba: Daryo.uz
: admin (15-03-2018, 16:43)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
:
-
:
20 ... -