» » O‘zbekistonlik tadbirkorlar Afg‘onistondagi oziq-ovqat mahsulotlari taqchilligining oldini olishga ko‘maklashmoqda

O‘zbekistonlik tadbirkorlar Afg‘onistondagi oziq-ovqat mahsulotlari taqchilligining oldini olishga ko‘maklashmoqda


2017-yili Termiz tumanida afg‘onistonlik tadbirkorlarga sifatli xizmat ko‘rsatadigan “Termiz kargo” eksport markazi tashkil etilib, zarur qulaylik yaratildi. Konsullik vakili, bojxona terminali binosi, omborlar bunyod etildi. Mazkur markaz tovar ishlab chiqaruvchilar va ishbilarmonlar bilan afg‘onistonlik tadbirkorlar, sarmoyadorlar doirasining hamkorlik aloqalarini keng yo‘lga qo‘yishda muhim omil bo‘ldi, deb yozadi O‘zA.

2018-yil yanvar oyida Termiz tumanida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi faoliyat boshladi.

“O‘zbek va afg‘on xalqi qadimdan bitta daryoning ikki qirg‘og‘ida yashagan yaqin qo‘shnilardir, — deydi Afg‘onistonning Shibirg‘on shahridan kelgan Qodiriy Abdurazzoq. — Jiyanimning biroz tobi qochgan ekan, o‘ylab ham o‘tirmay, shundoq Amudaryodan o‘tib, shahringizdagi kasalxonaga olib kelaverdik. Tez kunda sog‘lig‘i tiklandi. Shifokorlar javob beramiz, deb turishibdi. Termiz shahrida ham zamonaviy tibbiyot yuksak darajada rivojlanganini ko‘rib, juda mamnun bo‘ldik. Yurtingizdagi tinchlik, obodlik va so‘nggi yillarda yuz berayotgan yangilanishlarga havas qilamiz. Bundan bir necha yil avval O‘zbekistonga o‘tish uchun chegarada ortiqcha rasmiyatchiliklarga duch kelganmiz. Bu safar ana shu muammolarga chek qo‘yilganidan ham quvondik. Biz, O‘zbekistonning afg‘on yurtidagi vaziyatni siyosiy yo‘l bilan hal etish, tinchlikni ta’minlash, barqarorlikni tiklash va iqtisodiyotni rivojlantirish tarafdori bo‘lib kelayotganini juda qadrlaymiz. Iqtisodiy, savdo, ta’lim, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarimiz mustahkamlanib borayotganidan faxrlanamiz”.

Qo‘shni davlatda barqarorlikni tiklash, iqtisodiyotini yuksaltirish tarafdori bo‘lib kelayotgan O‘zbekiston Afg‘onistondagi tog‘-kon sanoati, qurilish, energetika, ta’lim sohalaridagi loyihalarni ro‘yobga chiqarishda qatnashayotir. O‘zbekiston yordami bilan afg‘onistonliklar uchun yuqori voltli elektr energiyasi va optik tolali kabel liniyalari, suv ta’minoti tarmog‘i, ko‘priklar, temir yo‘l bunyod etilgan. Neft mahsulotlari, elektr energiyasi, mineral o‘g‘itlar, polietilen qop, oziq-ovqat, qadoqlash xaltalari va boshqa xalq iste’moli mollari eksport qilinmoqda.

Surxondaryo viloyati hokimligidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2018-yildan boshlab East West Surxon MChJ shaklidagi qo‘shma korxona, “Surxondaryodonmahsulotlari” AJ, “Surxon Eksport Savdo”, “Surxon Import Eksport Agro” agrofirmalari, Surxon Golden Trade MChJ kabi bir qator xo‘jalik yurituvchi subyektlar Afg‘onistondagi oziq-ovqat mahsulotlari taqchilligining oldini olishga ko‘maklashayotir. Ular qo‘shni davlatdagi buyurtmachilariga un, meva-uzum, sabzavot, mayiz, qatiq, dukkakli va boshqa tabiiy, arzon, sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib bermoqda.

“Xomkon-Sherobod Taraqqiyot” fermer xo‘jaligi, “Jarqo’rg’on parranda”, “Angor Surxon Gururi” MChJlari tomonidan sassiq kovrak, parranda tuxumi va yer yong‘oq kabi mahsulotlarni eksport qilish yo‘lga qo‘yilgani surxondaryolik tadbirkorlar bilan afg‘on ishbilarmonlarining o‘zaro hamkorlik aloqalari mustahkamlanib borayotganidan dalolatdir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2018, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют