» » Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati vakillari Namanganga keldi

Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati vakillari Namanganga keldi


Qirg‘iziston hukumatining Jalolobod viloyatidagi vakili Qiyanbek Sotiboldiyev boshchiligidagi delegatsiya Namanganga keldi. Delegatsiyani Kosonsoy tumanidagi nazorat-o‘tkazish punktida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, keng jamoatchilik vakillari kutib oldi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Mehmonlar Namangan shahridagi “Yoshlar markazi”da viloyatda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan tanishdi, tadbirkorlar bilan muloqotda bo‘ldi. Tashrif doirasida o‘zbek-qirg‘iz biznes forumi bo‘lib o‘tdi.

Biznes forumda Namangan viloyatining iqtisodiy salohiyati bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi. Ikki viloyatning to‘qimachilik, charm-poyabzal, farmatsevtika, qurilish sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, chorvachilik va asalarichilik, turizm, sog‘liqni saqlash va boshqa ko‘plab yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlik qilish imkoniyatlari atroflicha tahlil qilindi.

2016-yilda Namangan va Jalolobod viloyatlari o‘rtasidagi tovar aylanmasi 5,2 million dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, o‘tgan yili bu ko‘rsatkich 10,6 million dollarga yetgani, oldinda katta imkoniyatlar turganligi qayd etildi.

Qirg‘izistonlik mehmonlar Namangan shahridagi “Do‘stlik uyi”, To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Ishoqxon to‘ra Ibrat majmuasi, Gold Fresh Fruits xususiy korxonasi, Namangan tumanidagi “Musaffo iqlim trans servis” fermer xo‘jaligi, Golden Egg of Namangan mas’uliyati cheklangan jamiyatida bo‘lib, turli tadbirlarda qatnashdi, amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda Namangan viloyatida qirg‘iz millatiga mansub 22 mingdan ortiq kishi istiqomat qilmoqda. Jalolobod viloyati aholisining 27 foizini esa o‘zbeklar tashkil etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2018, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют