» » Alisher Navoiy g‘azallariga bag‘ishlangan yangi kitoblar tayyorlandi

Alisher Navoiy g‘azallariga bag‘ishlangan yangi kitoblar tayyorlandi


O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi she’riyat kengashining 2017-yildagi faoliyatiga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston xalq shoirlari, yozuvchilari, gazeta-jurnallar vakillari, nashriyotlarning ijodiy xodimlari va yosh ijodkorlar ishtirok etdi, deb xabar beradi O‘zA.

Hisobotda aytilishicha, kengashga taqdim etilgan yuzdan ziyod turli saviyadagi she’riy to‘plamlar muhokama qilindi. Ayrim mualliflar kengash bildirgan fikrlardan so‘ng to‘plamlarini qayta ishlab, muhokamaga berdi.

O‘tgan yil davomida kengashga kichik she’rlar, she’riy turkumlardan tortib katta hajmdagi she’riy asarlar ham kelib tushdi. Masalan, qashqadaryolik ijodkor Jumaqul Rajabov Alisher Navoiyning “Xazoyin-ul maoniy” nomli to‘rt devonidagi barcha g‘azallarga bog‘langan har biri 1500 sahifadan iborat to‘rt kitobini taqdim etdi va kitoblar muhokama uchun O‘zbekiston Fanlar akademiyasining O‘zbek tili va adabiyoti institutiga tahlil va taqriz uchun tavsiya etildi.

Tadbirda so‘z olgan adabiyotshunos olimlar o‘z ma’ruzalarida bugungi kunda kitob holida nashr etilayotgan, gazetalar sahifalarida e’lon qilinayotgan she’rlarning badiiy saviyasi haqidagi tahliliy va tanqidiy fikrlarini bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2018, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют