» » Toshkentda 18 yashar o‘smir boshqargan Captiva YTHdan so‘ng Nexia’ga “aylandi”

Toshkentda 18 yashar o‘smir boshqargan Captiva YTHdan so‘ng Nexia’ga “aylandi”


Toshkentning Shayxontohur tumanida yashovchi 18 yoshli S.N. haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmay turib, 9-mart kuni soat 23:50 atrofida otasiga tegishli Captiva’ni boshqarayotganda yo‘l-transport hodisasini sodir etdi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB YHXB.

U Toshkent halqa avtomobil yo‘li bo‘ylab harakatlanayotib, Yunusobod tumanidagi “Turkiston” restorani qarshisida piyoda — 1985-yilda tug‘ilgan E.D.ni urib yuborgan.

Haydovchi jabrlanuvchini kasalxonaga olib borgan, biroq uning mastligidan foydalanib, “piyodani noma’lum Nexia mashinasi urib yubordi” deb, shifokorlarga yolg‘on ma’lumot bergan.

Shuningdek, yo‘l-transport hodisasi haqida YHXBga xabar bermay, voqea joyidan ketib qolgan.

“Olib borilgan qidiruv-surishtiruv ishlari natijasida Captiva haydovchisi S.N. ushbu YTHni o‘zi sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan qonuniy choralar ko‘rildi”, — deyiladi IIBB YHXB xabarida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2018, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют