WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Marg‘ilonda gaz sizishi tufayli uch kishi kuyish jarohatini oldi. Ulardan biri — voyaga yetmagan bola
Marg‘ilonda gaz sizishi tufayli uch kishi kuyish jarohatini oldi. Ulardan biri — voyaga yetmagan bola
Marg‘ilonda gaz sizishi tufayli uch kishi kuyish jarohatini oldi. Bu haqda IIV matbuot xizmati ma’lumot berdi.
“Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida 16-mart kuni soat 01:15 larda Q. Ergashev ko‘chasida yashovchi, 1947-yilda tug‘ilgan R. Shokirov uyida elektr chirog‘ini yoqqan vaqtida gaz pechidan sizib chiqib, xonaga yig‘ilib qolgan gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lgan”, — deyiladi xabarnomada.
Natijada R. Shokirov, turmush o‘rtog‘i M. Shokirova va voyaga yetmagan nabirasi kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Кто вы по знаку зодиака?