» » USENET-2018 konferensiyasi blokcheyn va kontent yaratishga bag‘ishlanadi

USENET-2018 konferensiyasi blokcheyn va kontent yaratishga bag‘ishlanadi


27-aprel kuni Toshkentda marketing, reklama va IT sohasidagi mutaxassislarni birlashtiradigan USENET internet-konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Bu yilgi tadbirning asosiy mavzulari blokcheyn va kontent yaratishga bag‘ishlanadi.

Tadbirda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya va dunyoning turli malakatlaridan kelgan 20 dan ortiq mutaxassislar blokcheyn texnologiyasi va uni amaliyotda qo‘llash mavzusida ma’ruzalar bilan so‘zga chiqadi.

Bundan tashqari, turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan yetakchi internet-OAV vakillarining chiqishlari ham ko‘zda tutilgan. Shuningdek, tadbir doirasida ikkita mavzuga oid guruhiy muhokamalarni o‘tkazish rejalashtirilgan.

Qolaversa, Google, Samsung, “Mail.ru”, Beeline Uzbekistan, “Yandeks” va yetakchi kompaniya vakillarining chiqishlari ham rejalashtirilgan.

Doimiy an’anaga muvofiq, konferensiya International Hotel Tashkent mehmonxonasining ikkita majlislar zalida o‘tkazilib, bir kun davom etadi.

Bu tadbir digital sohasini o‘zlashtirish, yangi va foydali tanishuvlar orttirish, muhokamalarda qatnashib, yetakchi mutaxassislar bilan muloqot qilish uchun ajoyib imkoniyat hisoblanadi.

Tadbir tashkilotchisi — Ledokol Group media agentligi. Konferensiya O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida o‘tkazilmoqda.

Konferensiya homiylari: Samsung, Click mobil banking tizimi hamda “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘i.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2018, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 36) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют