» » Ozbekistonda jismoniy shaxslar ham oz mashinasida taksi qilishi mumkinmi?

Ozbekistonda jismoniy shaxslar ham oz mashinasida taksi qilishi mumkinmi?


Ozbekiston qonunchiligi qonunchiligi litsenziyasi bolgan yuridik shaxslarga yolovchi tashish bilan shugullanishiga ruxsat beradi. Xosh, oz mashinasida kira qilib pul ishlamoqchi bolganlar qanday yol tutadi? Ozbekiston avtomobil transporti agentligi rahbari orinbosari Shoolim Shovahobov Sputnik nashrining bu boradagi savoliga izoh berdi, deya malum qiladi Sarzone.uz.

Shovahobovning aytishicha, Ozbekistonda jismoniy shaxslar ham oz mashinasida kira qila oladi.

Oz avtomobilida taksi qilmoqchi bolganlar ushbu faoliyatni amalga oshirishga litsenziyasi bolgan yuridik shaxs bilan mehnat shartnomasi tuzishi lozim. Song oz avtosini notarial tarzda rasmiylashtiradi, yani uni yuridik shaxsga berib, TT seriyali maxsus raqam oladi. Natijada avtomobil egasi yollanma xodimdek qabul qilinadi va mehnat daftarchasi oladi, dedi Shovahobov.

Agentlik rahbari bunday haydovchilar bir qator talablarga javob berishi kerakligini qoshib qoydi. Ular kamida uch yil mashina boshqargan bolishi, yoshi esa 21 dan kam bolmasligi lozim.

Shovahobov Ozbekiston avtomobil transporti agentligi hozir jismoniy shaxslarga yolovchi tashish huquqini berish imkoniyatlarini korib chiqmayotganini bildirdi. Chunki bunday holatda yolovchi tashish sifati va xavfsizligini nazorat qilish murakkablashadi.

Bu yerda eng muhimi xavfsizlik. Yolovchi tashiyotgan jismoniy shaxsning soglomligi, haydovchi ichmaganligini kim kafolatlaydi? Taksi kompaniyalari uchun esa qatiy talablar bor liniyaga chiqishdan oldin ularning haydovchilari tibbiy korikdan, avtomobillar texnik korikdan otadi. Bundan tashqari taksi zaruriy talablarga muvofiq jihozlanadi, yol varaqasi boladi, dedi u.

Malumot uchun, oxirgi ikki oy ichida Ozbekistonda noqonuniy taksi haydovchilariga 3 milliard somdan ortiq jarima solindi.



Manba: Daryo.uz
: admin (22-03-2018, 08:28)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
:
-
:
20 ... -