» » Olmaliqda Navro‘zga atab 5,5 tonnalik bayram oshi damlandi (fotoreportaj)

Olmaliqda Navro‘zga atab 5,5 tonnalik bayram oshi damlandi (fotoreportaj)


21-mart kuni Olmaliq shahrida Toshkent viloyat ahli ham Navro‘z bayramini keng tantanalar bilan nishonladi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmati xabar berdi.

Xalq sayli sifatida nishonlangan ushbu bayram Olmaliqning “Oltin olma” xiyoboni, “Yoshlar” bog‘i, “Bolajon” istirohat bog‘i hamda mazkur hududlarga tutash markaziy ko‘chalar va to‘yxonalarda keng tusda bo‘lib o‘tdi.

100 nafar karnaychi va surnaychilar viloyatning jami 22 ta shahar, tumanlaridan tashrif buyurgan mehmonlarni bayramona kuy-sadolar ostida kutib oldi. “Oltin olma” xiyobonida viloyatning har bir shahar, tumanlari o‘zlariga ajratilgan pavilyonlarda milliy qadriyatlarni aks ettiruvchi an’analarni namoyish etib, kuy-qo‘shiqlar ijro etdi. Milliy taomlardan – sumalak, halim, ko‘k somsa, chuchvara, lochira, qatlama-yu chak-chak, holva hamda tandirdan uzilgan issiq nonlar xalqqa ulashildi.

Katta doshqozonda 5 tonna 500 kg damlangan bayram oshiga 1 tonna 600 kg go‘sht, 1 tonna 500 kg guruch, 1 tonna 500 kg sabzi va yog‘, piyoz hamda zirovarlar solindi. Bayram oshi tadbirga tashrif buyurganlarga va viloyatdagi muassasalarga — jami 48 000 odamlarga tarqatildi. Bayram ishtirokchilarining o‘z pavilyonlariga ulashish uchun 10 ta maxsus kichik hajmli avtotransport vositalari (muravey) xalq xizmatida bo‘ldi.

“Bolajon” istirohat bog‘ida Yoshlar ittifoqi Olmaliq shahar kengashi hamda Maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari hamkorligida tayyorlangan bir-biridan qiziqarli tomoshalar, xalq o‘yinlari, bellashuv va musobaqalar bolalarga haqiqiy bayram kayfiyatini ulashdi. “Yoshlar” bog‘ida kitobxonlik, she’rxonlik,  rassomchilik, o‘ymakorlik, kashtachilik bo‘yicha bo‘lib o‘tgan chiqishlar ham tomoshabinlarda chuqur taassurot qoldirdi. Bayramda shuningdek, Hindistondan tashrif buyurgan hind xonandasi tomonidan kuylangan qo‘shiqlar barchani o‘ziga maftun etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-03-2018, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют