» » Toshkent YHXBga yo‘l harakati qoidalari buzilishi aks etgan 60 ta videorolik kelib tushgan

Toshkent YHXBga yo‘l harakati qoidalari buzilishi aks etgan 60 ta videorolik kelib tushgan


Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga 18 kun ichida yangi ochilgan sayti orqali foydalanuvchilardan yo‘l harakati qoidalari buzilishi aks etgan 60 ta videorolik kelib tushgan. Bu haqda aholi bilan ochiq muloqot chog‘ida Toshkent IIBB boshlig‘i Rustam Jo‘rayev ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Amalga oshirilgan qoidabuzarliklar dalillari sifatida 51 ta rolik qabul qilingan. 30 million so‘mga ma’muriy huquqbuzarlik haqida bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

IIBB rahbari videomateriallar mualliflariga fuqarolik faolligi uchun minnatdorlik bildirdi va ijtimoiy tarmoqlarda YHXB ishi haqidagi salbiy fikrlar kamayganini qayd etdi.

Shuningdek, Rustam Jo‘rayev huquq-tartibot organlari xodimlarini haqoratlagan foydalanuvchilar javobgarlikka tortilishi haqida eslatdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2018, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 26) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют