» » Aprel oyida Toshkentga yozuvchi Dina Rubina tashrif buyuradi

Aprel oyida Toshkentga yozuvchi Dina Rubina tashrif buyuradi


Aprel o‘rtalarida Toshkentga taniqli yozuvchi Dina Rubina keladi, deb yozadi “Nuz.uz”. Bu yozuvchining ona shahriga O‘zbekistonni tark etganidan keyingi ilk tashrifidir.

Isroilning Yaffo shahrida bo‘lib o‘tgan ijodiy uchrashuvda o‘zi ma’lum qilganidek, Toshkentga safari biografik filmning suratga olinishi bilan bog‘liq. Syujet yozuvchining hayotidagi muhim shaharlar atrofida qurilgan. Toshkent ular orasida alohida o‘rinni egallaydi. Bu Dina Rubinaning ona shahri, ammo u yerda ko‘p yillardan buyon yashamaydi, yozuvchi dastlab Moskvaga, 90-yillar boshida esa Isroilga ko‘chib o‘tgan.

11 ta roman hamda ko‘plab qissa va hikoyalar muallifi Dina Rubina o‘z vatanida asosan “Ko‘chaning quyoshli tomonida” deb nomlangan kitobi bilan mashhur, u urushdan keyingi davrlardagi Toshkent hayoti haqida hikoya qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2018, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют