» » Gurlanda 23 yoshli qo‘shmachi fosh etildi

Gurlanda 23 yoshli qo‘shmachi fosh etildi


23 yoshli gurlanlik Kibriyo Aldarova (ism-sharifi o‘zgartirilgan) o‘z nafsining izmiga tushib, qo‘shmachilikka qo‘l urdi. Bu haqda O‘zA yozmoqda.

U Xorazm viloyati Gurlan tumanida 1989-yilda tug‘ilgan Arosat Bozorova 2015-yilning iyun oyida o‘z ota-onasi bilan arazlashib, uyidan bosh olib chiqib ketganida go‘yoki “mehribonlik” ko‘rsatdi. Unga o‘z uyidan joy berdi. Ammo Arosat Kibriyoning bu “saxiyligi” ortida qanday niyati borligini keyinchalik angladi.

Ma’lum bo‘lishicha, qo‘shmachilikni kasb etgan ayol “Men aytgan mijozlar bilan jinsiy aloqada bo‘lmasang, seni uyimdan haydab chiqaraman! Mahalladoshlaring oldida fohisha deb sharmanda qilaman! Ijara haqqini tanangni sotib to‘lamasang, yo‘q qilib yuboraman!”, deya Arosatni qo‘rqitib muntazam ravishda begona erkaklar bilan zino qilishga majburlab kelgan.

Deyarli uch yil davomida bir ayolni o‘z uyida saqlab, undan shahvoniy maqsadda foydalanib kelgan “fohishaxona bekasi”ning kirdikorlari joriy yil fevralida ichki ishlar hodimlari tomonidan fosh etildi. Birovning nomusini toptash hisobiga boylik orttirayotgan Kibriyoning qilmishlariga chek qo‘yildi.

Ayni paytda Kibriyo Aldarova Jinoyat Kodeksining 131 va 135-moddalarida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, ehtiyot chorasi tariqasida qamoqqa olingan. Xorazm viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2018, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют