» » Toshkentga Parij milliy operasi yulduzlari tashrif buyuradi

Toshkentga Parij milliy operasi yulduzlari tashrif buyuradi


Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida 14-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan konsert dasturida dunyodagi afsonaviy teatrlardan birining 11 nafar yakkaxon qo‘shiqchisi ishtirok etadi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.

Ularning ichida jahon balet san’atining bir qator yulduzlari bor. Xususan, Parij milliy operasi premyeri, ya’ni bosh artisti, “balet Oskari” deb ataluvchi Brilliance of the 21st Century mukofoti sohibi Alessio Karbone poytaxtga tashrif buyuradi.

Bu borada mutlaq yuksak maqom hisoblangan “etual” sohibasi Valentina Kolazante ham san’atkor-mehmonlar orasida bor. U “Don Kixot”, “Bayadera” “Uyqudagi shahzoda”, “Karmen” kabi ko‘plab spektakllarda o‘z rolini yorqin ijro etib bergani bilan olamga tanilgan.

Pol Mark esa Parij milliy operasining porlab kelayotgan yulduzi. O‘zining 21 yoshida u qator xalqaro mukofot va sovrinlarni qo‘lga kiritib, dunyo e’tirofiga sazovor bo‘ldi. Ularning barchasi o‘zbekistonlik muxlislar oldida chiqish qilishadi.

San’at kechasida “Oqqush ko‘li”, “Don Kixot”, “Korsar” kabi balet asarlaridan parchalar namoyish etiladi. An’anaviy dekoratsiyalar o‘z o‘rnini yorqin chiroqlar va nafis liboslarga bo‘shatib beradi. Bu mashhur asarlarning yangicha, taniqli xoreograflarning ajoyib yondashuvlarini o‘zida ifodalagan kutilmagan talqini bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2018, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют