» » Ozbekistonda qora oynali avtomobilda harakatlanish mumkin emas. Hatto chet elliklarga ham

Ozbekistonda qora oynali avtomobilda harakatlanish mumkin emas. Hatto chet elliklarga ham


Songgi vaqtlarda Ozbekistonning yirik shaharlari kochalarida oynalari qoraytirilgan avtomobillar kopaydi. OzAning yozishicha, ushbu holat odamlar orasida qoraytirilgan oynali mashinada harakatlanish mumkin boldimi?, degan savolning kelib chiqishiga sabab bolgan.

OzA sayti (www.uza.uz) mazkur masala yuzasidan Yol harakati xavfsizligi boshqarmasi (YHXB) xodimlaridan izoh oldi:

Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksning 126-moddasida qoraytirilgan oynali avtomobilda harakatlanish taqiqlangani korsatilgan. Qoidani buzgan haydovchiga nisbatan uning transport vositasini vaqtinchalik saqlash jarima maydoniga evakuatsiya qilish chorasi koriladi. Bundan tashqari, mazkur qoidabuzarlik eng kam ish haqining bir barobari miqdoridagi jarima bilan jazolanadi. Agarda qoidabuzarlik yana takrorlansa, jarima eng kam ish haqining ikki barobari miqdorida belgilanadi.

Ushbu qoida Ozbekiston hududida harakatlanuvchi barcha avtomobil egalariga tegishli. Joriy yilda mazkur qoidani buzish holatlari sodir etilgan. Qoshni davlatdan oz mashinasida tashrif buyurgan sayyohlar ham mazkur qoidaga amal qilishlari lozim. Ozbekistonga kirib kelayotgan xorijiy avtomashina egasi chegarada bu qoidalar haqida birinchi galda ogohlantiriladi va tushuntiriladi. Qoida buzilgan taqdirda haydovchiga nisbatan tegishli chora koriladi.

OzAning qoshimcha qilishicha, Ozbekiston hududida mazkur cheklov elchixonalarga tegishli avtomashinalarga tasir qilmaydi.

Ozbekiston va Tojikiston ortasida chegaradan otish tartib-taomilini yengillashtirish boyicha kelishuv imzolanib, u kuchga kirgach, koplab tojikistonliklar mehmon bolib Ozbekiston shaharlariga tashrif buyurmoqda. Ularning kopchiligi oz avtomobillarida Ozbekistonga kirib kelayotgan bolib, aksariyat hollarda bu avtomobillarning oynalari qoraytirilganini korish mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlarda davlat raqami Tojikistonniki bolgan, oynalari qoraytirilgan qimmatbaho xorijiy avtomobillarning Toshkent va Samarqand shahri kochalari boylab harakatlanayotgani tasvirlangan koplab foto va videolar tarqalgan.



Manba: Daryo.uz
: admin (24-03-2018, 19:58)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 2) ( 2)
:
-
:
20 ... -