» » Nukus dehqon bozori oldidagi tunnel va yangi bekat qay holatda? (foto)

Nukus dehqon bozori oldidagi tunnel va yangi bekat qay holatda? (foto)


Nukus dehqon bozori oldida joylashgan tunnelni buzish va qayta ta’mirlash bilan bog‘liq qurilish ishlari davom etmoqda, deb yozadi “KRuz.uz”.

Tunnelni buzish va qayta ta’mirlash jarayonida ishchilar bir muammoga duch keldi: tunnel tagidan suv chiqishni boshladi.

Mutaxasisslarning fikricha, bu mavsumiy tabiiy holat bo‘lib, bahor kelishi bilan yer yumshab suv sizib chiqishi boshlanadi. Kunlar isishi  bilan suv singib ketadi. Bundan tashqari, yomg‘ir suvlarining to‘planishi ham bunga sabab bo‘lgan.

Nukus dehqon bozori oldidagi yangi bekatning yakuniy qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda. Yangi  bekatga milliy uslubdagi yo‘l panjaralari o‘rnatilmoqda. Bundan tashqari, piyodalar uchun qulay kutish o‘rindiqlari ham mavjud. Ushbu obyekt ishga tushishi bilan bozorga keluvchilar va mashinalarga ancha qulaylik yaratilishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2018, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют