» » O‘zbekistonda ilk bor jigar bo‘lagini ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasi o‘tkazilgan bemor shifo topib, uyiga qaytdi

O‘zbekistonda ilk bor jigar bo‘lagini ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasi o‘tkazilgan bemor shifo topib, uyiga qaytdi


O‘zbekiston tibbiyoti tarixida ilk bor jigar transplantatsiyasi amaliyoti o‘tkazilgan bemor — parkentlik 26 yoshli Ubaydulla Dadaxo‘jayev bugun shifo topib uyiga qaytdi, deb yozadi O‘zA.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, jigarning terminal bosqichdagi surunkali diffuz kasalliklari, o‘tkir jigar yetishmovchiligi, rezeksiya qilinmaydigan manbali jigar kasalliklari kabi holatlarda faqatgina shu a’zo transplantatsiyasi bemor hayotini saqlab qolishi mumkin. Bunday yuqori texnologik operatsiyalar Amerika, Rossiya, Germaniya, Norvegiya, Shveysariya va Hindiston kabi tibbiyoti rivojlangan davlatlardagina bajariladi, xolos. Bugun O‘zbekiston ham ushbu mamlakatlar qatoridan joy olgani quvonarlidir, deyiladi xabarda.

— Transplantologiya amaliyotini bajarishga tibbiyot muassasamizda katta tayyorgarlik ko‘rildi, — deydi akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining portal gipertenziya va pankreatoduodenal soha xirurgiyasi bo‘limi bosh ilmiy xodimi, tibbiyot fanlari doktori, professor Andrey Devyatov. — Markazimizning texnik imkoniyatlari yaxshilandi, mutaxassislarimiz AQSh, Fransiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Shveysariya va Rossiya Federatsiyasi kabi davlatlarda malaka oshirib qaytdi. Bemorga uning akasi 30 yoshli Hayot Dadaxo‘jayev donorlik qildi. Va nihoyat 15 soat davom etgan operatsiyani muvaffaqiyatli yakunlashga erishdik. Hozir bemorning ham, donorning ham ahvoli yaxshi. Bemor tavsiyalarimizga to‘la amal qilsa, u tezda butunlay sog‘ayib ketadi.

— Ukamga yordam berish chorasini izlardik. Biroq jigar transplantatsiyasi uchun xorijga chiqishga to‘g‘ri kelishi, buning uchun katta mablag‘ talab etilishi oilamizni qiyin ahvolga solib qo‘ygandi. Mamlakatimiz tibbiyotiga bunday yangilikning kirib kelishi ukamni hayotga qaytardi. Mana, bugun u darddan forig‘ bo‘lib, yangi hayotga qadam qo‘ydi. Ishonamanki, tibbiyotimizning bu yutug‘i yana ko‘plab bemorlarga sog‘lom hayot baxsh etadi. Qancha-qancha oilalar bu imkoniyatdan bahramand bo‘ladi, — deydi Ubaydullaning akasi Hayot Dadaxo‘jayev.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2018, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют