» » Amerikaliklarning aksariyati Trampning Kim Chen In bilan uchrashuvini ma’qulladi

Amerikaliklarning aksariyati Trampning Kim Chen In bilan uchrashuvini ma’qulladi


AQSh fuqarolarining 63 foizi AQSh prezidenti Donald Trampning Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashuv o‘tkazish qarorini ma’qulladi. Jamoatchilik fikri so‘rovnomasi natijalarini Fox News telekanali keltirib o‘tdi.

So‘rovnoma qatnashchilarining 30 foizi sammitga nisbatan salbiy munosabat bildirdi. Amerikaliklarning 42 foizi fikricha, muzokaralar KXDR yetakchisiga qaraganda, Oq uy egasi uchun manfaatliroq bo‘ladi. O‘z navbatida, so‘rovnoma ishtirokchilarining 26 foizi buning aksiga ishonadi.

Yana 19 foiz amerikaliklar muzokaralar Vashington uchun ham, Pxenyan uchun ham foydali bo‘lishi, yoki hech qanday naf keltirmasligini ma’lum qilgan.

So‘rovnomada uch mingdan ortiq amerikalik ishtirok etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2018, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют