» » #UzAfg2018. Afg‘onistonlik Asila: O‘zbekistonlik yoshlarga tinchlikning qadriga yeting, degim keladi

#UzAfg2018. Afg‘onistonlik Asila: O‘zbekistonlik yoshlarga tinchlikning qadriga yeting, degim keladi


Afg‘oniston masalalariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya press markazi o‘z ishini davom ettirmoqda. Press markazda xorijiy va mahalliy OAV vakillari, shuningdek, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqda. Xususan, press markazga O‘zbekistonda tahsil olayotgan afg‘onistonlik talabalar ham taklif etilgan. “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova afg‘onistonlik talaba Asila Noibzoda bilan suhbatlashdi.

Biz O‘zbekistonga kelganimizga 2 oy bo‘ldi. Hozirda O‘zbekiston Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida tahsil olamiz. Bu yerda 96 ta talabamiz, ulardan 11 tasi qiz bola. O‘quv markazimizda til to‘garaklari, hunar o‘rgatadigan to‘garaklar, kompyuter o‘rgatadigan to‘garaklar mavjud. O‘quv dargohimizdagi sharoitlar juda yaxshi tayyorlangan, asosiysi nimani o‘rganishni istasak, buning iloji bor. Bizga mana shunday imkoniyatlarni yaratib berayotgan ikki mamlakat prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Ashraf G‘anidan minnatdormiz. Avvallari, televizor orqali O‘zbekistondagi yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘rib, bu mamlakatga kelishni orzu qilar edim. Bugun o‘sha orzum amalga oshganidan baxtiyorman. Hozirda Termiz davlat universitetida o‘zbek tili va adabiyotini o‘rganmoqdaman. Nasib etsa, o‘rganganlarimni vatanimga qaytib, yosh avlodga o‘rgatishni niyat qilganman. O‘zbek xalqi o‘zining mehmondo‘stligi, mehribonligi bilan bizga manzur bo‘ldi. Har doim uydagilar bilan gaplashganimda bu yerda bizga bo‘layotgan iliq munosabat haqida to‘lqinlanib gapiraman. Ular ham bizni mana shunday kutib olishganlaridan o‘zbek xalqidan minnatdor.

Asila, afg‘onistonlik talaba qiz

Asila o‘zi tug‘ilib o‘sgan hudud haqida quyidagilarni so‘zlab berdi:

Afg‘onistonda Samangon viloyatida yashayman. Asli ushbu viloyatning nomi Oybek. Uni biz Aybak deb ataymiz. Ushbu hudud aholisining asosiy qismini o‘zbeklar tashkil etadi. U yerda ham o‘qish uchun sharoitlar bor. Lekin, O‘zbekistondagidek emas. Mening uyimdan Afg‘oniston poytaxti Kobul shahriga sakkiz soatlik yo‘l bosiladi. Umuman olganda, afg‘on va o‘zbek xalqining madaniyati va urf-odatlari, yashash tarzi, qadriyatlari bir xil. Yagona farq shundaki, O‘zbekistonda tinchlik hukmronlik surmoqda, Afg‘onistonda esa notinchlik... O‘zbek yoshlariga, o‘z tengdoshlarimga tinchlikning qadriga yeting, yaxshi o‘qing va yaxshi yashang, degim keladi. Afg‘onistonlik vatandoshlarimning yagona orzusi bor, u ham bo‘lsa tinchlik. Ular Afg‘onistonda ham O‘zbekistondagidek tinchlik bo‘lishini orzu qilib yashashmoqda. 29-mart kuni yana 35 nafar afg‘onistonlik talaba O‘zbekistonda temir yo‘l sohasida ta’lim olish uchun keladi. Yozda esa yana 300 nafar talaba kelishi kutilmoqda.

Asila, afg‘onistonlik talaba qiz



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2018, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 64) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют