» » Toshkentda blokcheyn texnologiyasi va raqamli iqtisodiyotga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkaziladi

Toshkentda blokcheyn texnologiyasi va raqamli iqtisodiyotga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkaziladi


2018-yilning 28-aprel kuni O‘zbekistonda birinchi marta “Blokcheyn texnologiyasini va raqamli iqtisodiyot tamoyillarini ilgari surish” xalqaro konferensiyasi — World Blockchain and Cryptocurrency Summit Tashkent bo‘lib o‘tadi, deya xabar bermoqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.

International Hotel Tashkent’da bo‘lib o‘tadigan tadbirda 50 dan ortiq mamlakatlar va 100 dan ziyod tashkilotlar vakillari qatnashadi. Uchrashuv doirasida Latviya, Gollandiya, Isroil, Bahrayn, Yangi Zelandiya, Avstraliya, Nigeriya, Qozog‘istondan 15 nafar spiker nutq so‘zlaydi.

Konferensiya ishtirokchilari raqamli iqtisodiyotning ko‘plab dolzarb masalalarini muhokama qiladi. Ular orasida tartibga solish va soliqqa tortish muammosi, ma’lumotlar anonimligi, blokcheyn texnologiyasi, mayning, kriptovalyutani saqlash va ayirboshlash va boshqalar bor.

Sammit doirasida Uzbekistan ICO Show bo‘lib o‘tadi, unda Markaziy Osiyoning eng istiqbolli va tez rivojlanayotgan iqtisodiyoti — O‘zbekiston bo‘yicha loyihalar taqdim etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2018, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют