» » Import avtomobilni bojxonadan otkazish qanchaga tushadi?

Import avtomobilni bojxonadan otkazish qanchaga tushadi?


Xorijda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillarni Ozbekistonga olib kirishda bojxonadan otkazish qiymati eng kop muhokama qilinadigan mavzulardan biri bolib qolmoqda.Norma shaxsiy foydalanish uchun xorijiy rusumdagi mashinani olib kirish jismoniy shaxsga qanchaga tushishi haqida malumot berdi.

Avtotransport vositasini bojxonadan otkazishda avtomobilning texnik pasporti, oldi-sotdi shartnomasi va ST-1 kelib chiqish sertifikati kerak boladi.

Bojxona yigimi va qoshilgan qiymat soligini hamma tolashi majburiy.

Bojxona yigimlari miqdorlariVazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi Bojxona yigimlari stavkalari togrisidagi 204-son qaroribilan belgilangan. Import qilinayotgan avtomobilni rasmiylashtirish uchun ham yigim bojxona qiymatining 0,2%ini tashkil etadi, biroq 25 AQSh dollaridan kam va 3 000 AQSh dollaridan kop emas. Avtomobilning bojxona qiymati oldi-sotdi shartnomasida (schyot-malumotnomada) korsatilgan summa yoki narxlar xalqaro katalogi boyicha aniqlanadi.

Qoshilgan qiymat soligi2017-yil 29-dekabrdagi Ozbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy korsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari togrisidagi PQ3454-son qarordabelgilangan va 20%ni tashkil etadi. QQS avtomobil qiymati, bojxona boji va aksiz soligi summasidan hisoblab chiqariladi.

Import bojxona bojlari va aksiz soligi stavkalariPrezidentning 2017-yil 29-sentabrdagi Ozbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish chora-tadbirlari togrisidagi PQ3303-son qaroridabelgilangan. Quyida sigimi 10 kishigacha bolgan yengil avtomobillar uchun stavkalar keltirib otiladi.

Qozogiston, Rossiya va Ukrainada ishlab chiqarilgan avtomobillar uchun ST-1 kelib chiqish sertifikati taqdim etilganda imtiyozlar amal qiladi. Bunday avtomobillarni olib kirishda bojxona bojlari belgilanmagan, aksiz soligi esa, agar avtomobilning yoshi uch yildan oshmagan bolsa, avtomobil qiymatining 2%ini tashkil etadi. Agar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasi 50%dan ortiq bolsa va toliq sikl boyicha yigilsa, ST-1 sertifikati ishlab chiqaruvchi zavod yoki eksportchi mamlakatning Savdo-sanoat palatasi tomonidan beriladi.

Bundan tashqari, avtomobil erkin savdo zonasi togrisida shartnoma tuzilgan mamlakatda ishlab chiqarilgan, avtomobilning kelib chiqishi esa ST-1 sertifikati bilan tasdiqlansa, bojxona boji undirilmaydi. Ozbekiston Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Gruziya, Qozogiston, Qirgiziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va Ukraina bilan ana shunday shartnoma imzolagan.

Boshqa avtomobillarga import bojxona bojlari stavkalari dvigatelning texnik tavsiflari va mashinaning yangiligiga bogliq. Bu boradagi batafsil malumot bilan quyidagi havolada tanishish mumkin.



Manba: Daryo.uz
: admin (27-03-2018, 17:58)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -