» » O‘rtoqlik uchrashuvlari. Ispaniya Messisiz Argentinani sharmanda qildi, Iskodan esa xet-trik. Braziliya birgina gol evaziga “Nemis mashinasi”ni to‘xtatdi

O‘rtoqlik uchrashuvlari. Ispaniya Messisiz Argentinani sharmanda qildi, Iskodan esa xet-trik. Braziliya birgina gol evaziga “Nemis mashinasi”ni to‘xtatdi


Kecha, 27-mart juma kuni FIFA kunlari doirasida bir nechta xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

JCh-2018 mezboni Rossiya esa Fransiyani qabul qilib, 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Rossiyaliklar 23-mart sanasida Braziliyaga qarshi maydonga tushib, 0:3 hisobida yutqazib qo‘ygandi. Bu safar Rossiya safida Fyodor Smolov gol urishga erishgan bo‘lsa, Fransiya terma jamoasida esa Kilian Mbappe 2 ta, Pol Pogba esa 1 ta gol urishga erishdi.

Braziliya terma jamoasi kecha so‘nggi Jahon chempionatidagi 7:1 hisobidagi mag‘lubiyatni tasodif ekanligini isbotlashga urunib ko‘rdi va qisman bo‘lsa-da buning uddasidan chiqdi. Gabriel Jezus tomonidan kiritilgan gol Braziliyaga g‘alaba keltirdi.

Angliya va Italiya o‘rtasidagi o‘yin durang bilan yakunlandi. Jeymi Vardi tomonidan urilgan golga, o‘yinning so‘nggi daqiqalarida Lorenso Insinye javob qaytarib, Italiyani mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Lionel Messisiz o‘tgan o‘yinda Argentina ispanlar tomonidan tor-mor etildi. Hisob 6:1 ispanlar foydasiga. Ispaniya tarkibida Isko futbolchilik faoliyatidagi ilk xet-trikni qayd etdi.

Quyida kecha bo‘lib o‘tadigan xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari va ularning vaqti ko‘rsatilgan.

O‘rtoqlik uchrashuvlari

27-mart, seshanba

Gollar:0:1 – 21, avtogol Naomiti Ueda, 1:1 – 41 Tomoaki Makino, 1:2 – 69 Aleksandr Karavayev

Gollar: 0:1 – 40 Kilian Mbappe, 0:2 – 49 Pol Pogba, 1:2 – 68 Fyodor Smolov, 1:3 – 83 Kilian Mbappe

Gollar: 1:0 – 22 Jemaili, 2:0 – 31, penalti Jaka, 3:0 – 33 Embolo, 4:0 – 39 Suber, 5:0 – 49 Drmich, 6:0 – 68 Fray

Gol:0:1 – 29 Karelis.

Gol: 1:0 – 57 Rotaryu.

Gollar: 1:0 – 13 Lukaku, 2:0 – 39 Lukaku, 3:0 – 77 Batshuayi, 4:0 – 78 de Bryuyne.

Gol: 0:1 – 37 Gabriel Jezus.

Gollar: 1:0 – 32 Levandovski, 2:0 – 45 Grositski, 2:1 – 85 Li Chxan Min, 2:2 – 87 Xvan Xi Chxan, 3:2 – 90 Zelinski.

Gollar: 1:0 – 26 Vardi, 1:1 – 87, penalti Insine.

Gollar 1:0 – 12 Diyego Kosta, 2:0 – 27 Isko, 2:1 – 39 Otamendi, 3:1 – 52 Isko, 4:1 – 55 Alkantara, 5:1 – 73 Aspas, 6:1 – 74 Isko.

Gollar: 0:1 – 68 Mitrovich, 0:2 – 81 Mitrovich.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2018, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют