» » Xitoy AQShni Kim Chen Inning Pekinga tashrifi haqida xabardor qilgan

Xitoy AQShni Kim Chen Inning Pekinga tashrifi haqida xabardor qilgan


Xitoy Xalq Respublikasi hukumati 27-mart, seshanba kuni Oq uyni KXDR yetakchisi Kim Chen Inning Pekinga tashrifi haqida xabardor qilgan, shu jumladan, XXR raisi Si Szinpindan AQSh prezidenti Donald Trampga shaxsiy maktub yetkazilgan. Bu haqda jurnalistlarga Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Xitoy hukumati seshanba kuni Oq uy bilan bog‘lanib, bizni Kim Chen Inning Pekinga tashrifi haqida xabardor qildi. Brifing chog‘ida, shuningdek, rais Si Szinpindan prezident Trampga shaxsiy xabar yetkazildi, xabar unga qayta yo‘naltirildi”, — dedi u.

Sanders AQSh o‘z ittifoqdoshlari — Janubiy Koreya va Yaponiya bilan yaqin aloqada bo‘lib qolayotganini ta’kidladi. “Biz voqealarning bunday rivojiga bizning maksimal bosim o‘tkazish kampaniyamiz Shimoliy Koreya bilan muzokaralar uchun zarur muhitni yaratayotganining navbatdagi isboti sifatida qaramoqdamiz”, — dedi Oq uy matbuot kotibi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2018, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют