» » Toshkent va Andijonda Qur’oni Karimni sotib olish uchun katta navbat yuzaga keldi (foto)

Toshkent va Andijonda Qur’oni Karimni sotib olish uchun katta navbat yuzaga keldi (foto)


Bugun, 28-martdan boshlab “Hilol nashr” nashriyotida chop etilgan Qur’oni Karim sotuvga chiqarildi. Toshkent shahrida uni xarid qilish uchun katta navbat yuzaga keldi. Bu haqda UZ24 xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Qur’oni Karimni 50 ming adadda chop etish rejalashtirilgan. Rejaga ko‘ra, birinchi bosqichda shundan 10 ming dona chop etildi. Ko‘plab kitobxonlarning iltimosiga binoan har bir xaridorga bir donadan sotiladi.

Ma’lum qilinishicha, Qur’oni Karimni sotish uchun tavsiya qilingan narx 31 ming so‘m etib belgilangan.

Telegram’dagi “Habib.uz” kanalida ma’lum qilinishicha, Andijonda ham  muqaddas kitobni sotib olish uchun uzun navbat yuzaga kelgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2018, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют