» » O‘zbekiston milliy kutubxonasida ekstremistik harakatlarga qo‘shilib qolgan o‘zbekistonliklarning kechmishlariga bag‘ishlangan kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston milliy kutubxonasida ekstremistik harakatlarga qo‘shilib qolgan o‘zbekistonliklarning kechmishlariga bag‘ishlangan kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi


28-mart kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasida “Zamon-Press-info” nashriyot uyi tomonidan chop etilgan “Sarobga aldanganlar qismati” kitobining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga kutubxona matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur tadbirda tegishli davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, oliy o‘quv yurtlarining o‘qituvchi va talabalari, huquq-tartibot idoralari va OAV vakillari taklif etildi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, bugungi kunda dinni niqob qilib olgan yovuz kuchlar tomonidan dunyoning turli nuqtalarida amalga oshrilayotgan jinoiy xatti-harakatlar hushyorlik va ehtiyotkorlikni talab etadi.

Ana shunday ekstremistik oqimlarga qo‘shilib, bu guruhlarning sof islomiy qadriyatlardan qanchalik uzoq ekanini o‘z aql-idroki bilan anglab yetgan o‘zbekistonliklarning kechmishlari, iqror va tazarrulari har bir o‘quvchini hushyorlikka chorlaydi, din va diniy aqidaparastlik, sof islomiy qadriyatlar va terrorizm singari tushunchalarni farqlashda katta ahamiyat kasb etadi.

“Zamon-Press-info nashriyot uyi” tomonidan “Sarobga aldanganlar qismati” nomli kitob ana shunday afsus va nadomatlar va bunday xatti-harakatlarga nisbatan haqqoniy munosabatlarni o‘zida jamlagan.

Kitob ikki qismni o‘z ichiga oladi. To‘plamda qilgan xatosi uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan, jazoni ijro etish muassasasida jazo muddatini o‘tayotgan yoxud o‘tab qaytgan hamyurtlarning chin dildan bildirgan iqrorlari, nadomatlari, shuningdek, ularning oila a’zolari, yaqinlari, mahalladoshlari tomonidan yo‘llangan maktublari joy olgan.

Maktublar matbuotda e’lon qilingach, ko‘plab mushtariylar o‘z fikr-mulohazalari, munosabatlarini tahririyatga yo‘llashdi. Shu tariqa mazkur maktublarni kitob holida jamlab o‘quvchilarga taqdim etishga ehtiyoj tug‘ildi.

Kitobning ming nusxasi oliy o‘quv yurtlari, axborot resurs markazlari, madaniy-ma’rifiy maskanlarga tarqatilishi ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2018, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют