» » Pekin KXDR yetakchisining Xitoyga tashrifi haqida Seulga oldindan xabar bergan

Pekin KXDR yetakchisining Xitoyga tashrifi haqida Seulga oldindan xabar bergan


Xitoy hukumati Janubiy Koreyani KXDR yetakchisi Kim Chen Inning 25—28-mart kunlaridagi tashrifi haqida oldindan xabardor qilgan. Bu haqda jurnalistlar uchun brifingda Koreya Respublikasi prezidenti ma’muriyatining rasmiy vakili ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Biz Xitoydan Kim Chen In Pekinga tashrif bilan kelishi haqida oldindan xabar oldik”, — dedi u.

Ayni vaqtda mansabdor XXR Seulga tegishli bildirishnomani aynan qachon yuborgani haqidagi savolga javob berishga qiynaldi.

U, shuningdek, XXR Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi Yan Szechi Janubiy Koreya hukumatini Xitoy raisi Si Szinpin va KXDR yetakchisi Kim Chen In o‘rtasidagi muzokaralar natijalari haqida xabardor qilish uchun 29-mart, payshanba kuni Seulga kelishini ma’lum qildi.

Avvalroq Xitoy Xalq Respublikasi hukumati 27-mart, seshanba kuni Oq uyni KXDR yetakchisi Kim Chen Inning Pekinga tashrifi haqida xabardor qilgani ma’lum qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2018, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют