» » O‘zbekiston va Qirg‘iziston tashqi siyosat idoralari o‘rtasida hamkorlik dasturi imzolandi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston tashqi siyosat idoralari o‘rtasida hamkorlik dasturi imzolandi


O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun Toshkentga kelgan Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Vazirlar 27-mart kuni nihoyasiga yetgan Toshkent forumi natijalari yuzasidan fikr almashdi.

Qirg‘iziston TIV rahbari ta’kidlaganidek, konferensiyaning muvaffaqiyatli yakunlanishi Afg‘onison mojarosining tezda hal etilishi uchun konstruktiv asos yaratdi.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari ham muhokama qilindi.

Muzokaralar yakuniga ko‘ra Abdulaziz Komilov va Erlan Abdildayev tomonidan O‘zbekiston va Qirg‘iziston tashqi siyosat idoralari o‘rtasida 2018—2019-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi imzolandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2018, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют