» » Obod va go‘zal go‘shaga aylangan Xovosobod (foto)

Obod va go‘zal go‘shaga aylangan Xovosobod (foto)


Tojikiston bilan chegaradosh Xovos tumanining eng chekka Xovosobod mahallasiga bu yilgi bahor, Navro‘z o‘zgacha fayzu baraka olib keldi, deb xabar beradi Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati.

Qishloqdagi 26 kilometr ichki yo‘llarga tosh to‘kilib, sozlandi. 12 ta ikki qavatli uylar kapital ta’mirdan chiqarildi. Chirigan gaz quvurlari yangilariga almashtirilib, xonadonlarda “zangori olov” porlay boshladi. Singan, ishdan chiqqan simyog‘ochlar o‘rniga yangilari o‘rnatildi, Ko‘chalarga elektr yoritgichlar qo‘yib chiqildi. Qo‘rg‘ondagi 4-umumta’lim maktabi, katta stadion, yozgi dam olish klubi ta’mirlandi. Qishki klub, bolalar bog‘chasini ta’mirlab, sozlash ishlari davom ettirilayapti. Ko‘chalar, yo‘llarning bo‘ylari, aholi tomorqalariga 15 ming tupdan zimyod mevali daraxt, gul ko‘chatlari va archa o‘tqazildi. 11 ta kam ta’minlangan oilalarning uylari homiy tashkilotlar tomonidan ta’mirlab berildi.

“Qisqa davrda olib borilgan katta qurilish, obodonlashtirish ishlari qishloqning qiyofasini butunlay o‘zgartirib yubordi. Kechagina qarovsiz bo‘lgan, tashlandik holga kelib qolgan ‘Xovosobod’ bugun obod va go‘zal go‘shaga, yashash tarzi, turish-turmushi yangilangan, shaharlardagidan qolishmaydigan maskanga aylandi”, — deyiladi xabarda.

“Xovosobod” mahallasida bo‘lib o‘tgan Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan bayram tadbirida viloyat hokimligi vakillari, viloyat tashkilotlarining rahbarlari, keksa otaxon va onaxonlar, bunyodkorlik ishlarida faol qatnashgan Xovos tumani, Tojikiston Respublikasining Sug‘d viloyati, Zafarobod tumani vakillari, bir guruh mehmonar ishtirok etdi.

Viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev va O‘zbekiston Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Muhammadiyevlar xovosobodliklarni bugun barcha shart–sharoitlarga ega, shaharlardek go‘zal qishloqda yashash baxtiga ega bo‘lganliklari, Navro‘z qishloq ahliga o‘zgacha shodu xurramlik olib kelganligi bilan chin dildan qutlab, ularning oilalariga omonlik, turmushlariga yanada farovonlik, o‘zbek va tojik xalqlari hamjihatligiga bardavomlik tiladilar.

Bayram shodiyonasi xovosobodliklar uchun chinakam to‘yga aylanib ketdi. Davraga yosh kelin-kuyov Jamshid Umrboyev va Madina Umrboyevalar alohida jihozlangan elektromobilda kirib kelishdi. Taniqli san’atkorlar Farhod Saidov, Hosila Rahimova, viloyatning ko‘zga ko‘ringan xushovoz xonandalarining dilrabo qo‘shiqlari tadbir ishtirokchilarigning xursandchiligiga xursandchilik qo‘shdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2018, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 52) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют