» » Ellikqal’alik ayol tuman xotin-qizlar qo‘mitasi kafilligi bilan afv etildi

Ellikqal’alik ayol tuman xotin-qizlar qo‘mitasi kafilligi bilan afv etildi


Ellikqal’a tumanida istiqomat qiluvchi Altinay Sag‘inbayeva (ism-sharifi o‘zgartirilgan) qishloqdoshlarining qimmatbaho narsalarini o‘g‘irlayotganida qo‘lga olinib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu ish jinoyat ishlari bo‘yicha Ellikqal’a tumani sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, Altinay Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan aybdor deb topildi.

U Ellikqal’a tumani xotin-qizlar ko‘mitasi kafolat xati bilan sud zalidan ozod etilib, kelajakda huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ymaslik, fe’l-atvorini yaxshilash maqsadida o‘zi yashayotgan mahalla fuqarolar yig‘ini nazoratiga olingan.

Tuman hokimiyatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, hozirda bolali bo‘lganligi uchun bola tarbiyasi bilan band.

Tuman hokimi o‘rinbosari, tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi u bilan bevosita shug‘ullanishga kafolat berdi.

— Bunday g‘amxo‘rligi uchun tuman xotin-qizlar ko‘mitasi raisiga minnatdorlik bildiraman, — deydi Altinay Sag‘inbayeva. — Kelajakda bundan tegishli xulosa chiqarib, hayotda o‘z o‘rnimni topishga harakat qilaman.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2018, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют