WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Uzbek Tigers Termizda bir kun ichida Venesuela Caciques’ga qarshi 10 ta jang o‘tkazadi
Uzbek Tigers Termizda bir kun ichida Venesuela Caciques’ga qarshi 10 ta jang o‘tkazadi
Avval xabar berilganidek, Butunjahon boks seriyasining sakkizinchi mavsumida ishtirok etayotgan Uzbek Tigers guruhdagi so‘nggi ikki uchrashuvini venesuelalik raqiblariga qarshi o‘tkazadi.
“Olamsport” saytiga ma’lum bo‘lishicha, jamoalar o‘rtasidagi har ikkala to‘qnashuv ham bir kunda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi. Janglarga Termiz shahri mezbonlik qiladi.
7-aprel kuni tashkil qilinadigan jang oqshomida muxlislar 10 ta jang guvohiga aylanadi. O‘sha kuni C1 va C2 jamoalari ringda to‘qnash keladi.
Bahslarda ishtirok etadigan o‘zbekistonlik bokschilar va ularning raqiblari ro‘yxati yaqin vaqtlar ichida ma’lum qilinadi.
Mavzuga doir: Uzbek Tigers Colombia Heroicos?’ga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?