» » Shahram G‘iyosov uchun yana bir imkoniyat: Uzbek Tigers’ning China Dragons’ga qarshi jang qiladigan bokschilari ma’lum bo‘ldi

Shahram G‘iyosov uchun yana bir imkoniyat: Uzbek Tigers’ning China Dragons’ga qarshi jang qiladigan bokschilari ma’lum bo‘ldi


18-mart kuni Butunjahon boks seriyasi (WSB) “C” guruhi 4-turida Uzbek Tigers jamoasi Toshkentda Xitoyning China Dragons bokschilari bilan to‘qnash keladi.

Bo‘lajak boks oqshomida O‘zbekiston jamoasi tarkibida ringga ko‘tariladigan charm qo‘lqop ustalari ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.

E’tiborga molik jihati shundaki, bo‘lajak bellashuvlarda Uzbek Tigers sharafini Qozog‘istonning Astana Arlans jamoasiga qarshi (1:4) kechgan janglardagi bokschilar himoya qiladi.

Mavzuga doir: Shahram G‘iyosov: 3 oy tadbirma-tadbir yurdik va 1 oy shug‘ullandik. Qozog‘istondagi janglarga tayyor emasdik

Uzbek Tigers jamoasi tarkibi quyidagicha:

-52 kilogramm: Abrorjon Qodirov;

-60 kilogramm: Murodjon Ahmadaliyev;

-69 kilogramm: Shahram G‘iyosov;

-81 kilogramm: Bektemir Meliqo‘ziyev;

+91 kilogramm: Bahodir Jalolov.

Eslatib o‘tamiz, WSB doirasida Uzbek Tigers 2017-yil hisobidan uchta jang o‘tkazdi. O‘zbekistonlik boshchilar avvaliga Xitoyda China Dragons’dan 2:3 hisobida yengilgan bo‘lsa, keyinroq Qozog‘istonda Astana Arlans’ga 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Toshkentda bo‘lib o‘tgan 3-turda Uzbek Tigers Rossiyaning Patriot Boxing Team jamoasini 5:0 hisobida taslim qilgandi.

Mavzuga doir: Uzbek Tigers Toshkentdagi ishonchli g‘alabasiga qaramay guruhda so‘nggi o‘rinda. Astana Arlans yaqqol peshqadam

Ma’lumot uchun, guruhdagi ikkinchi juftlik – Qozog‘istonning Astana Arlans jamoasi 18-mart kuni ketma-ket uchinchi marta o‘z uyida jang qiladi. Qozog‘istonlik bokschilar Rossiyaning Patriot Boxing Team jamoasi vakillarini qabul qiladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-03-2017, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 7) ( 0) ( 5) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют